💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlar

1 daqiqa 2.8K marta oʻqildi
Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlar
Kino olamida epidemiyalar haqida hikoya qiluvchi filmlar haddan tashqari koʻp. Ammo, ularning aksariyat qismi fantastika namunalari boʻlib, real hayot tushunchasidan butunlay yiroqda.

Ularningayrimlarida esa bugungi kunda koronavirus bilan bogʻliq boʻlgan va butun dunyo boʻylab kuzatilayotgan hodisalar avvaldan yoritib berilgandek tuyuladi goʻyo. Ushbu filmlar roʻyxati bilan tanishib olishga tayyormisiz?

"Karantin"
Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlarHodisalar Los-Anjeles hududida sodir boʻladi. Reportyor Anjelo Vayd operator bilan birgalikda yongʻin boʻlimi faoliyatini yoritib berish uchun yoʻlga tushadi. Shu vaqtda qutquruvchilar navbatdagi qoʻngʻiroqni qabul qilishadi, jurnalistlar esa ular bilan birga manzil tomon otlanadilar. Hodisalarning bunchalar fojiali tarzda davom etishini esa birov tahmin ham qilmagan edi.

Qahramonlar katta yoshli ayol bilan uchrashadilar, u oʻzini juda gʻalati turar, barchaga qichqirgancha zahrini sochardi. Ayol tashqi olamdan uzoqlashtirilgancha karantinga olinadi. Kasallar kundan kunga koʻpaya boshlashadi va bino ichida qolib ketgan jurnalist hamda qutqaruvchilar uchun dahshatli kunlar boshlanadi.

"Parranda qutisi"Dunyodagi barcha odamlar kutilmagan bir holatda qotilga aylana boshlaydilar. Film bosh qahramoni - ikki farzandning onasi boʻlmish homilador ayol tirik qolgan insonlarni qidirgancha yoʻlga tushadi. U vaziyatdan omon chiqish maqsadida atrofni koʻrmaslik uchun oʻzi hamda farzandlarining koʻzini bogʻlab qoʻyishga qaror qiladi.

"Andromed" shtammi
Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlarAmerikaning Yuta shtatida kutilmagan hodisa yuz beradi. Shaharga sunʼiy yoʻldosh qulab tushadi. Aynan shu daqiqadan havoga nomaʼlum virus tarqaydi, u barcha odamlarni yoʻq qilib yuboradi ham. Katta yoshli erkak va kichik bolakay moʻjiza tufayli virusdan omon qoladilar.

"28 kun oʻtib"
Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlarBir guruh jamoatchilar labaratoriya maymunlarini ozodlikka qoʻyib yuborish fikriga kelishadi. Ushbu hodisa shaharga virus kirib kelishi uchun imkon beradi, oqibatda insonlar zombiga aylana boshlaydilar.

"Epidemiya"
Virus hamda epidemiya haqidagi eng yaxshi filmlarKontrabandachilar tufayli shaharda kasallangan maymun paydo boʻlib qoladi. Jonivor oʻz sohibini tishlab olgan vaqti maymun egasi kasallik tarqatuvchisiga aylanadi. Shifokorlar epidemiyani toʻxtata oladilarmi? Buni filmni tomosha qilgach bilib olishingiz mumkin boʻladi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!