💡 Qiziqarli maʼlumotlar

SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingi

2 daqiqa 3.7K marta oʻqildi
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingi
Kechagina barchaning orzusi boʻlgan maʼlum bir buyum bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchaga aylanib qolishi hech gap emas. Soʻzimizning isbotini sizga keltirib berish uchun ushbu maqolaga diqqat qilishni tavsiya etamiz. Uni SSSR davrlarida yashab koʻrgan odamlar juda yaxshi tushunsalar kerak.

Tilla tishlar
Oʻz vaqtida ogʻizni toʻldirib turgan tilla tishlar odamlar uchun boylik hamda hashamat timsoli boʻlgan. Ammo, ushbu tushunchani bugungi kunga kelib mutlaqo urfdan qolgan deb ham boʻlmaydi, aslida. Rep ijrochilaring aksariyat qismi tilla tishlar mavzusiga hozirgi vaqtga qadar murojaat qilishadi.
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingiGarnitura
Ruminiya, Vengriya, Moldava garnituralari oʻz vaqtida qanchalar talabgir boʻlganini eslay olasizmi? Ularni bugungi kunda ham ayrim insonlar uyida hamon uchratish mumkin. Bu turdagi mebellar xonaning bir tomonidagi devorni toʻliq qoplab turgan, unga koʻp sonli billur idish hamda kitoblar terib qoʻyilgan.
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingiBillur
Bugungi kunga kelib billur buyumlar qadri anchagina tushib ketgani bor gap. Oʻz vaqtida bu turdagi buyumlar ayollarning maqtanishga arziydigan "boyligi" hisoblangan. Ularni ulkan uy jihozi ichiga chiroyli koʻrinishda terib qoʻyishgan.
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingiUy telefoni
Oʻz vaqtida qoʻshnilar uyingizga qoʻngʻiroq qilib olish uchun tashrif buyurganlari haqida eslay olasizmi? Uy telefonlari odatda nufuzli insonlardagina mavjud boʻlardi. Boshqalar esa yaqin insonlariga qoʻngʻiroq qilib olish uchun qoʻshnilar telefonidan foydalanishgan.
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingiMoʻynali qalpoq va yoqa
Moʻynali qalpoq va libosning yoqa qismi oʻz vaqtida ayollar uchun hashamat hamda boylik timsoli hisoblangan. Bunday libos harid qilish barcha ayollarning orzusi boʻlgan desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingiServiz
SSSR davrida toʻy va shu kabi muhim hodisalar uchun mehmonlar tomonidan taqdim etiladigan eng hashamatli sovgʻalardan biri servizlar boʻlgan. Bu turdagi servizlar ham yillar davomida javon ichida yasatilgan holatda turgan va faqatgina muhim hodisalar vaqtida "tashqariga chiqqan".Bolalar aravachasi
Ushbu buyumni harid qilish ham oʻsha davrlarning asosiy muammolaridan biri edi. Ayrimlar uni ijaraga berish punktlaridan olib ishlatgan boʻlsalar, bunday baxtga muyassar boʻla olmagan ayollar farzandlarini qoʻlda koʻtarib yurishga majbur boʻlishgan. Bolalar aravachasi maʼlum doʻkonlardagina sotilgan va uni sotib olishga ham barchaning choʻntagi dosh bera olmagan.
SSSR vaqtida trendda boʻlgan va bugungi kunga kelib urfdan chiqqan tushunchalar reytingi
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!