❤️ Sevgi haqida sherlar

Oʻsha - Oʻsha yurak - Yurak haqida sheʼr

7.3K marta oʻqildi
Oʻsha-oʻsha yurak, bu oʻsha yurak!
suyukli, suyuksiz, suyaksiz yurak!
Xar xil koʻyga tushib, oshagan sinov
kerakli, keraksiz, yuraksiz yurak!

Toshlarga urilib oʻlmagan yurak
dunyo kezib baxtli boʻlmagan yurak
mendan oʻzga barcha joylarni koʻrib
koʻksimni bir bora koʻrmagan yurak

Sevgiga intilib talpingan yurak
koʻz yoshini menga artingan yurak
oy kabi kichrayib, toʻlib galma - gal
majnundek xech kimga tanilgan yurak

Tuygʻularga qalqon tutmagan yurak
biron marta jangda yutmagan yurak
oʻzini oʻylab xech bilmadi charchoq
baxtni oʻzgalardan kutmagan yurak

Sotilgan, yorilgan, otilgan yurak
Azroilga taqdim etilgan yurak
xayotning azobi qancha koʻp boʻlsa
barchasiga yolgʻiz tutilgan yurak

Oʻsha-oʻsha yurak, bu oʻsha yurak
suyukli, suyuksiz, suyaksiz yurak
Xar xil koʻyga tushib, oshagan sinov
kerakli, keraksiz, yuraksiz yurak...
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!