Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan

Sizni qizgʻonaman, hatto havodan,
Osmondan, quyoshdan, hattoki, oydan.
Sizni qizgʻonaman alvon gullardan,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan.
Rashkdan yonib mayli, laxcha choʻg‘ boʻlay,
Yuragingizga kirib, lahza yoʻq boʻlay.
Lahza qizgʻonib-la, to abad sevay,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan.
Rashkimdir sevgimdan sizga bir darak,
Qizgʻonsam ranjimang, boʻling siz tirgak.
Ishqingizda mastona boʻlayin halak,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan.
Siz qadam poyingizda tuprok men boʻlay,
Siz bulbul bogʻingizda yaprok men boʻlay.
Gumonu rashklardan begona boʻlay,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan....
Osmondan, quyoshdan, hattoki, oydan.
Sizni qizgʻonaman alvon gullardan,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan.
Rashkdan yonib mayli, laxcha choʻg‘ boʻlay,
Yuragingizga kirib, lahza yoʻq boʻlay.
Lahza qizgʻonib-la, to abad sevay,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan.
Rashkimdir sevgimdan sizga bir darak,
Qizgʻonsam ranjimang, boʻling siz tirgak.
Ishqingizda mastona boʻlayin halak,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan.
Siz qadam poyingizda tuprok men boʻlay,
Siz bulbul bogʻingizda yaprok men boʻlay.
Gumonu rashklardan begona boʻlay,
Azizim, mehringiz qizgʻonmang mendan....
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!