Sizni sevish

Kiprigingiz uygʻotar titroq,
Nigohingiz oʻzi inoyat.
Sizni sevish saodat, biroq
“Sevaman” deb aytish jinoyat.
Husningizga toʻygunicha to,
Kul boʻladi toʻrttala tomon.
Sizni asrash buyuk baxt, ammo
Sizdan kechish doʻzaxdan yomon.
Yuzingizdan uyaladi oy,
Oyogʻingiz oʻpadi yoʻlak…
Siz bilan bu olamda chiroy,
Sizsiz quyosh chiqmasa kerak.
Nigohingiz oʻzi inoyat.
Sizni sevish saodat, biroq
“Sevaman” deb aytish jinoyat.
Husningizga toʻygunicha to,
Kul boʻladi toʻrttala tomon.
Sizni asrash buyuk baxt, ammo
Sizdan kechish doʻzaxdan yomon.
Yuzingizdan uyaladi oy,
Oyogʻingiz oʻpadi yoʻlak…
Siz bilan bu olamda chiroy,
Sizsiz quyosh chiqmasa kerak.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!