💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Xurmo foydasi

6.7K marta oʻqildi
Xurmo foydasi
Arab xurmosi koʻp dardga davo..

Bu mevadan kuniga 3-4 ta yeyish tanangizni yoshartiradi. U yer yuzidagi eng shifobaxsh mevalardan biri bu arab xurmosidir. Bu meva oziq moddalarga boy. Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi, yurakda qon aylanishini yaxshilaydi. Xolesterinni pasaytiradi. Arab xurmosi ishtahani pasaytiradi. Oq shakar oʻrnini bosadi, ozishda yordam beradi. U temirga boy, 100 gramida odam organizmidagi temirning bir sutkalik meʼyorining 11 foizi bor.

U kamqonlikda ham katta foyda beradi. Unda kaliy koʻp. Xurmo insult xavfini 40 foizga kamaytiradi. Xurmoda fosfor, kaltsiy koʻp. Bu esa miya va ichaklar faoliyati uchun juda foydali. U ich qotishiga dori boʻladi. Bunda tungi uyqu oldidan bir piyola qaynagan suv bilan 2-3 ta meva yeyiladi.

Jinsiy ojizlikda xurmo echki suti bilan birga yeyilsa shifo boʻladi. U yuqori qon bosimini tushiradi.

5-6 ta xurmoda 80 g magniy bor va bu qon tomirlarini kengaytiradi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki 370 mg magniy inson uchun kunlik meʼyor hisoblanadi. Bu miqdor qon bosimini bir meʼyorda ushlab turadi. Bu xurmo qarishning oldini oladi. U tugʻriqdan keyin ham foydali, u sutni koʻpaytiradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!