✍️ Sherlar

Jonim sizga boʻlgan ishqim oʻzgacha

6.3K marta oʻqildi
Jonim sizga boʻlgan ishqim oʻzgacha
Jonim sizga boʻlgan ishqim oʻzgacha
Sevaman kiprikdan hatto koʻzgacha
Bitta nigohingiz uchun jon fido
Sizni menga atab yaratgan Hudo.

Sogʻinchim oʻzingiz borim oʻzingiz
Gʻururi togʻdek orim oʻzingiz
Joningiz ehtiyot qiling men uchun
Juda ham keraksiz ertaga,bugun.

Siz bilan har onim quvonchga toʻla
Suyangan togʻimsiz omadim kula
Sizni eng bahtiyor inson qilayin
Mehribonim boʻling jonga oʻrayin

Kulib yuring doyim qadri osmonim
Hech kimga bermayman oʻzimni jonim
Yuragim sizniki qalbim sizniki
Muhabbatdek tuygʻu mushtoq qizniki

Ozgina mehringiz gadozi oʻzim
Siz uchun atalgan har bitta soʻzim
Sevgini azobi siz bilan oʻtsa
Roziman qiynogʻi qoʻlimdan tutsa

Umrimning shoxisiz qiroli sizsiz
Jaranglab yayragan dil tori sizsiz
Sogʻinib oʻtadi har bir daqiqam
Sizsiz yasholmayman azizim hecham.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!