Qurʼon oʻqiganda koʻz yosh toʻkmagan

Qurʼon oʻqiganda koʻz yosh toʻkmagan,
Bu soʻqir koʻzlarim jazodan darak.
Dillarni ranjitgan dilga botguvchi,
Zaharli soʻzlarim jazodan darak.
Solih amallarga shoshmay, behuda
Oʻtkazgan kunlarim jazodan darak.
Tahajjud neligin unutib yotgan
Bebahra tunlarim jazodan darak.
Muqaddas oylarning ajridan qolgan
Mazmunsiz oylarim jazodan darak.
Allohning buyrugʻin pisand qilmasdan
Eringan onlarim jazodan darak.
Mol-dunyo, shon-shuhrat fitnalariga
Talpingan bu dilim jazodan darak.
Fisq-fasod, yolgʻondan tiyilolmagan
Suyaksiz bu tilim jazodan darak.
Oʻqimay, oʻrganmay, gʻaflatda qolib,
Naqdi umrimizni oʻtkazdik, ey voh!
Endi tahajjudda tavbalar qilib,
Istigʻfor aytaylik! Kechir, ey Alloh!
Bu soʻqir koʻzlarim jazodan darak.
Dillarni ranjitgan dilga botguvchi,
Zaharli soʻzlarim jazodan darak.
Solih amallarga shoshmay, behuda
Oʻtkazgan kunlarim jazodan darak.
Tahajjud neligin unutib yotgan
Bebahra tunlarim jazodan darak.
Muqaddas oylarning ajridan qolgan
Mazmunsiz oylarim jazodan darak.
Allohning buyrugʻin pisand qilmasdan
Eringan onlarim jazodan darak.
Mol-dunyo, shon-shuhrat fitnalariga
Talpingan bu dilim jazodan darak.
Fisq-fasod, yolgʻondan tiyilolmagan
Suyaksiz bu tilim jazodan darak.
Oʻqimay, oʻrganmay, gʻaflatda qolib,
Naqdi umrimizni oʻtkazdik, ey voh!
Endi tahajjudda tavbalar qilib,
Istigʻfor aytaylik! Kechir, ey Alloh!
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!