✍️ Sherlar

Boylarga havasdamiz

1 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
Boylarga havasdamiz
Boylarga havasdamiz,
Nochordan qilib hazar.
Yuqoriga intilib,
Pastga solmaymiz nazar.

Aslida boy koʻnglini,
Kandayligin bilmaymiz.
Eng pastda boʻlmasakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Goho nolib qolamiz,
Mashinamiz yoʻq emish.
Koʻshni davlatdagilar,
Bizdan koʻra toʻq emish.

Lekin haqiqiy ochlik,
Nimaligin bilmaymiz.
Xar kuni osh yesakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Xar kun dunyoda minglab,
Kishi ochdan oʻladi.
Bir qultum suv topilsa,
Shunga xursand boʻladi.

Lekin biz noshukurlar,
Ular xolin bilmaymiz.
Podshohdek yashasakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Necha minglab kishilar,
Koʻrish baxtidan mahrum.
Yana qancha ming kishi,
Yurish baxtidan mahrum.

Koʻz oyoq qanday buyuk,
Neʼmatligin bilmaymiz.
Koʻrib yurib tursakda,
Bunga shukr qilmaymiz.

Bugun dunyoda koʻplar,
Xochlarga sigʻinmoqda.
Yana koʻplari murtad,
Shaytonga choʻqinmoqda.

Islomda tugʻilmoq baxt,
Ekanligin bilmaymiz.
Musulmon boʻla turib,
Bunga shukr qilmaymiz.

Gohi tuqqan onamiz,
Esdan chiqib qoladi.
Telefon qilib oʻzlari,
Bizdan xabar oladi.

Ular gʻanimatimiz,
Lekin buni bilmaymiz.
Onamiz boʻla turib,
Bunga shukr qilmaymiz.

Chirogʻu gaz yoʻq boʻlsa,
Chidolmaydi sabrimiz.
Chiroqsiz oʻtsak hamki,
Yorug‘ boʻlsin qabrimiz.

Tiriklikni oʻzi baxt,
Ekanligin bilmaymiz.
Yorug‘ olamda yashab,
Bunga shukr qilmaymiz.

Salgina dard yoʻliqsa,
Baxtsiz sanaymiz oʻzni.
Tezroq shifo topmasak,
Burishtiramiz yuzni.

Dard gunohga kafforot,
Ekanligin bilmaymiz.
Davosin bersa ALLOH,
Bunga shukr qilmaymiz.

Devor osha masjidga,
Utishga vaqt topmaymiz.
Azonni eshitsakda,
Namozga deb chopmaymiz.

Benamozlik qanchalar,
Kulfatligin bilmaymiz.
Biz islom ummatimiz,
Bunga shukr qilmaymiz!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!