✍️ Sherlar

Quloq soling doʻstlar shu safar

3.5K marta oʻqildi
Quloq soling doʻstlar shu safar
Quloq soling doʻstlar shu safar,
Unutilsin bari dard, azob.
Shukr deylik, turib tong sahar,
Yaxshilikka yozilar savob.

Puli yoʻqni nazarga ilmay,
Davramizga qoʻshmadikmi yo?
Yana kimni ranjitdik bilmay,
Deydilar-ku bu qaytar Dunyo!

Kimlarnidir gʻiybat qilibon,
Gunoh qilib qoʻymadikmikan?
Kechirmasa gar oʻsha inson,
Allohim ham kechirmas ekan?

Ezgulikni barpo etaylik,
Yomonlikni yuqtirmay dilga.
Yaxshi inson boʻlib ketaylik,
Bu dunyodan soʻnggi manzilga.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!