❤️ Sevgi haqida sherlar

Yigʻlayotgan qiz

1 daqiqa 5.7K marta oʻqildi
Bu ogʻir bog‘ ichra ogʻir qadamlar
Tashlab ketayotgan ogʻirgina qiz,
Dunyo koʻzlaringdan dunyo alamlar
Tomchilar, har biri bir ulkan yulduz.

Tomchilar koʻzingdan norasidalik,
Soʻzga aylanmagan yonish tomchilar.
Beshafqat diydormi ogʻir judolik,
Yoʻqotish tomchilar, topish tomchilar.

Yoʻq, seni aldagan, birov aldagan,
U seni sevgandir, yoʻq, yoʻq, sevmagan.
Koʻksingga chiroyli oʻqlar qadagan,
Birovlar aldagan, birov aldagan.

Tomchilar koʻksingdan kelayotgan kuz,
Ogʻular tomchilar, gullar tomchilar.
Yaqin xotiralar… idrok faromush,
Vijdoningni oʻyib urar tomchilar.

Vijdonsiz nomusli niqobin qoʻymas,
Vijdonning har dami ruhiy iztirob.
Vijdonsiz xatosiz kunlardan toʻymas,
Vijdon bu xatodan ulgʻaygan azob.

Seni yupatmoqqa jurʼat yoʻq menda,
Sen mening kechmishim, umrim boʻlagi.
Faqat men qaygʻular tilarman senga,
Kattakon quvonchning unsiz oʻlanin!

Aldanmoq tilarman senga koʻp marta,
Aldanmoq — dunyoga nazar, anglamoq.
Aldanmoq — koʻz yoshi qilmoq, yoʻq, artmoq,
Aldanmoq — kurashga otlanmoq demak.

Yigʻlamoq tilarman, qaynab yigʻlagin,
Tishlaringni sekin qayrab yigʻlagin!

Oʻnta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Yuzta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Mingta mard oʻgʻloning boʻlguncha yigʻla!
Paymonang toʻlguncha, toʻyguncha yigʻla!

Ular lazzatxoʻrlar, qaroqchilardir,
Umrlari uzun, sob boʻlmas, esiz!
Bu dunyo — aslida aldoqchilardir!
Bu dunyo — aslida yigʻlayotgan qiz!

Men senga qoʻshilib yigʻlay olmasman,
Faqat bosh egaman qaygungga soʻzsiz.
Men senga talpinib, aslo tolmasman,
Men seni sevaman, yigʻlayotgan qiz!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sevgi haqida sherlar

Senga nima

13-aprel, 20213K
Sevgi haqida sherlar

Tuni bilan yoqqan yomgʻirlar

13-aprel, 20219.2K
Sevgi haqida sherlar

Huzuriga keldi egib boshini

13-aprel, 202115.1K
Sevgi haqida sherlar

Sensiz hayot yoʻq

13-aprel, 202116.5K
Sevgi haqida sherlar

Men seni sevaman demay sevaman

13-aprel, 20217K
Sevgi haqida sherlar

Sizni ilk bor uchratganimda

12-aprel, 20219.1K