Senga nima
senga nima - oʻlsam-oʻlmasam
Menga ogʻir boʻlar - yoʻq boʻlsang...
senga nima - boʻlsam-boʻlmasam...
Menga ogʻir boʻlar - yigʻlasang
yoxud yesang yurak-bagʻringni...
Senga nima - jinni boʻlmasang
tashlab ketsam hatto shahringni...
Menga ogʻir boʻlardi - zorlab
Topolmasang biror ostona...
Senga nima - tovonim qonab
boshim olib ketsam - devona...
Menga ogʻir boʻlardi bir kun
yuragingni teshsa bir er - qurt...
Senga nima - u qurt men uchun
butun umr yasasa tobut...
Menga ogʻir boʻlar - bu sochlar
oyogʻiga ilashsa uning...
Senga nima - jim-jit ogʻochlar
joni boʻlib qolsa jismimning...
Senga nima - shoiri dilxun
ketsa butkul uzoq va uzoq...
Menga esa kerakmas bir zum
sendan keyin bir zum yashamoq...
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!