🕌 Islom

Qiyomatdan oldin yahudlar magʻlub boʻlishi va gʻarqad daraxti haqidagi hadisi sharif

1 daqiqa 10.7K marta oʻqildi
Qiyomatdan oldin yahudlar magʻlub boʻlishi va gʻarqad daraxti haqidagi hadisi sharif
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar:

«لا تَقُومُ السَّاعَةُ حتَّى تُقاتِلُوا اليَهُودَ، حتَّى يَقُولَ الحَجَرُ وراءَهُ اليَهُودِيُّ: يا مُسْلِمُ، هذا يَهُودِيٌّ وَرائي فاقْتُلْهُ»
رواه البخاري في صحيحه برقم 2926

وفي رِوايةِ مُسلمٍ: «إلَّا الغرْقَدَ؛ فإنَّه مِن شَجَرِ اليهودِ»

«Soat (Qiyomat soati) qoim boʻlmaydi, to sizlar yahudlar bilan jang qilmaguningizga qadar, hatto yahudiy uning ortiga yashirinib olgan tosh nido qiladiki: ey musulmon, mana mening orqamda (yashirinib olgan) yahudiy bor, bas, uni oʻldir!»

Imom Buxoriy rivoyati, 2926-hadisi sharif.

Imom Muslim sahihida quyidagi ziyodasi bilan rivoyat qilingan:

«Illo Gʻarqad (daraxti indamay turadi). Chunki, u yahudlarning daraxtlaridan».

Yaʼni, yahudlar bu daraxtni yaxshi koʻrib, boshqa daraxtlardan koʻra shuni koʻproq ekib, koʻpaytirib yurishadi.

Vallohu aʼlam.

Imom Suyutiyning jomeʼlarida ushbu hadisi sharif yana ham batafsilroq rivoyat qilingan:

"لا تقومُ الساعةُ حتى يقاتلَ المسلمون اليهودَ ، فيقتلُهم المسلمون ، حتى يختبيءَ اليهوديُّ من وراءِ الحجرِ و الشجرِ ، فيقولُ الحجرُ أو الشجرُ : يا مسلمُ يا عبدَ اللهِ هذا يهوديٌّ خلفي ، فتعالَ فاقْتلْه . إلا الغَرْقَدَ ، فإنه من شجرِ اليهودِ".

«Soat qoim boʻlmaydi, to musulmonlar yahudlarga qarshi jang qilmagunlariga qadar. Bas, musulmonlar ularni (yahudlarni) qatl qiladilar (yahudlar ustidan gʻolib boʻladilar), hatto yahudlar toshlar va daraxtlarning orqasiga yashirina boshlaydilar. Shunda toshlaru daraxtlar aytadi: «ey musulmon, ey Allohning bandasi, mana bu yahudiy mening orqamda, bas, bu yerga kelib uni oʻldirgin». Illo, Gʻarqad (indamaydi), zero u yahudlarning daraxtlaridan».

Sahihul-jome’: 7427–hadis

* GʻARQAD qanday daraxt?

Gʻarqad Arabistonda, Baytul-Maqdis va shom diyorlarida mashhur boʻlgan tikonli daraxtlarning bir turi. Wikipedia sahifasida yozilishicha, ruschada Selitryanka deyilar ekan.

Vallohu aʼlam.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!