Sabr haqida

Domla minbarga chiqib, zohidlik, sabr va isrofni tark qilish haqida gapira boshladi. Koʻcha tozalaydigan ishchilardan biri uning gapini boʻldi:
- Taqsir! Siz ishga qimmatbaho mashinada, qimmatbaho kiyimlarda , masjidni toʻldirar darajada xushboʻy atirlarni sepib kelasiz. Qoʻlingizda ayfon. Yil ora umraga borasiz.
Domla! Siz bir oqshom mening oddiy, tomida shox-shabba tashlangan kulbamda tunasangiz. Keyin tongda ikkimiz turib sabrning nimaligini bilish uchun supurgini olib, roʻza tutgan holimizda, qattiq issiqda koʻcha tozalashga chiqsak. Men har kuni sizning bitta atiringiz bahosiga teng keladigan maoshimni olish uchun shu ishni bajaraman. Siz anvoi taomlar bilan saxarlikni qilib, qorinni toʻqlab salqin xonada xona sovutgichini yoqib uxlaysiz.
Uzr soʻrayman domla, bizda sabrni oʻrganishga ehtiyoj yoʻq. Zero, sabr biz bilan hamroh.
Bizga zolimlar zulmi, ulamolar riyosi haqida gapiring.
Bizga yashirin bomba singari tarqalib borayotgan bekorchilik va dangasalik haqida gapiring.
Bizga xalqlarni majburiy faqir qilish va och qoldirish haqida gapiring.
Bizga fasod va xalq mulkini talash haqida gapiring.
Bizga tabaqachilik va boylikni tarqatishdagi adolatsizlik haqida gapiring.
Bizga tanish-bilishchilik, mansabni meros qoldirish haqida gapiring.
Yoʻqsa sizning xutbangizda biz uchun ehtiyoj yoʻq! -debdilar....!!!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!