Oxirat hovlisi silsilasi: OʻLIM (12/12)

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Alloh taolo dedi: Ey Odam bolasi, madomiki sen Menga duo qilib, Mendan umidvor turar ekansan, gunohing qanaqa boʻlishdan qatʼiy nazar, (ularning koʻpligiga ham) parvo qilmasdan magʻfirat etaman. Ey Odam bolasi, agar gunohing bulutlarga qadar yetsa-da, Mendan istigʻfor tilasang, seni magʻfirat etaman. Ey Odam bolasi, agar sen huzurimga yer yuzini qoplaydigan gunohlar bilan kelsang va Menga hech narsani sherik qilmagan holda roʻbaro‘ boʻlsang, men seni yer yuzini qoplaydigan magʻfirat bilan qarshi olaman!» (Hasan hadis, Sahihul-jomi’: №4338, Termiziy: 2/270).
Dunyoga ham harakat qilavering, borliqni obod etishdan qolmang, mol-dunyo va tijoratdan ham yuz oʻgirmang, faqat bir shart bilanki, haloldan toping va Alloh jalla va aloning haqqini ado eting.
Men sizni dunyodan yuz oʻgirishga chorlamayman, hayotdan umidsizlantirishni ham istamayman. Bor-yoʻgʻi avvalo oʻzimga, keyin esa sizga dunyo oxirat uchun ekinzor ekanini eslatib qoʻyishni istayman. Shunday ekan, foniy hovlini deb boqiylik hovlisidan mahrum boʻlib qolish yaramaydi. Ertaga barchamiz bu dunyodan ketamiz va Alloh taolo huzuriga qaytamiz. Oʻshanda sizga faqat oʻzingiz bilan birga olib kelgan amalingiz foyda beradi.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Mayyitga uch narsa – moli, ahli va amali ergashib boradi. Soʻng ikkitasi qaytib ketib, bittasi qoladi. Ahli va moli qaytadi va amali qoladi» (Buxoriy: №6514, Muslim: 2960, Termiziy: №2380).
Qabrga kirarkansiz, hol tili bilan sizga shundoq xitob qilinadi:
Yer bagʻrini tilib, oʻydilar,
Qabr yasab, seni qoʻydilar.
Hisob uchun turganing onda
Asqotmagay senga hech banda.
Ha, endi u onda sizga dunyoda qilgan amalingiz-u, Abadiy Barhayot Zotning rahmatidan oʻzga hech narsa naf bermaydi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!