Yaxshilik yoʻllarining koʻp va turli-tuman ekani

عَنْ أَبِي ذَرٍّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ قَالَ لِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لا تَحْقِرَنَّ مِنْ الْمَعْرُوفِ شَيْئًا وَلَوْ أَنْ تَلْقَى أَخَاكَ بِوَجْهٍ طَلْقٍ» (رواه مسلم).
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Yaxshilikdan biron narsani haqir-arzimas sanama, hatto birodaringga ochiq yuz bilan yuzlanishing ham (yaxshilikdir)» (Imom Muslim rivoyati).
Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam asʼhoblaridan boʻlgan baʼzi kishilar Nabiy sollallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh! Boy-badavlat odamlar ajru savoblarni olib ketdilar. Ular biz namoz oʻqiganimizdek namoz oʻqiydilar, roʻza tutganimizdek roʻza tutadilar va ortiqcha mol-davlatlaridan sadaqa qilishadi», deyishdi. «Alloh taolo sizlarga ham sadaqa qilinadigan narsalarni bermaganmi?! Har bir tasbeh (Subhanalloh) sadaqa, har bir takbir (Allohu akbar) sadaqa, har bir tahlil (La ilaha illalloh) sadaqa, yaxshilikka buyurish sadaqa, yomonlikdan qaytarish sadaqa va (jufti halolingiz bilan) qovushishingiz ham sadaqa», dedilar. «Yo Rasululloh! Birimiz shahvatini qondirsa, shuning uchun ham ajr oladimi?», deb soʻrashdi. «Axir u shahvatini haromda qondirganida gunohkor boʻlarmidi?! Xuddi shunga oʻxshash, shahvatini halolda qondirgani uchun unga ajr yoziladi», dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Insonlardagi jami boʻgʻimlar uchun quyosh chiqadigan har bir kunda sadaqa (berish burchi) mavjud: Ikki (tortishib qolgan) kishi oʻrtasida adolat (bilan hukm) qilmogʻing - sadaqa. Birovga ulovini minishida yordam berib, uni chiqarib qoʻyishing yoki narsasini (yerdan) olib uloviga yuklab berishing - sadaqa. Yaxshi soʻz - sadaqa. Namoz sari bosgan har bir qadaming – sadaqa. (Odamlar yuradigan) yoʻldan (tosh, tikan, choʻp kabi) ozorlarni olib tashlashing – sadaqa» (Muttafaqun alayh).
Sharh:
Alloh taoloning fazlu marhamati kengki, yaxshilik ishlarni koʻp va xilma-xil qilib qoʻygan. Har kim ular ichidan oʻziga munosib boʻlgan ulushni qilib ketishi va shu bilan ajrga erishishi mumkin. Mazkur hadislarda ulardan baʼzilari keltirib oʻtildi.
Alloh taolo bandaning toʻrt muchasini sog‘ qilib qoʻyganiga shukrona etib badandagi 360 boʻgʻimning har biridan bitta sadaqa berish lozim. Mehribon zot bizdan bu sadaqani mollarimizdan chiqarishga buyurmadi. Balki targʻib qilingan sunnatlarga amal qilishimiz bilan mazkur sadaqadan qutulib ketadigan qilib qoʻydi. Jamoat namoziga borish, namozdan keyingi tasbehlarni aytish, amri maʼruf va nahiy munkar qilish shular jumlasidan.
Bugungi darsdan olinadigan foydalar:
1. Yaxshilik yoʻllarining xilma-xilligi;
2. Allohning fazlu marhamatining kengligi;
3. Qoʻldan kelganicha yaxshiliklarga shoshilishga targʻib.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!