Musulmon bolaning odob-axloqi

Oʻquvchining maktabdagi odobi
Ey oʻgʻlon, maktab sening ikkinchi uyingdir. Sen u yerda hayotingning eng goʻzal soatlarini oʻtkazasan, u yerda oʻquvchi birodarlaring va oʻqituvchi otalaringdan tashkil topgan oila bilan yashaysan.
Mana shu oilada baxtiyor va suyukli boʻlishing uchun quyidagi nasihatlarga amal qilishing zarur:
1. Uyqudan erta tur. Shunda tahorat olib namoz oʻqishga, toza kiyimlaringni kiyishga, kitoblaring va oʻquv qurollaringni olishga shuningdek oʻz vaqtida maktabga borishga ulgurasan.
2. Birodarlaring bilan tabassum bilan koʻrish. Birinchi boʻlib ularga salom ber va ularni oʻzlariga yoqadigan ismlari bilan chaqir.
3. Safda turganingda va sinfga ketayotganingda shovqin qilib gapirma.
4. Oʻqituvchi sinfga kirganda unga salom berish uchun oʻrningdan turma, oʻtirib salom ber. Chunki bu islomga zid ishdir. Keyin jim quloq solib oʻtir.
5. Savol yoki javob bermoqchi boʻlsang, oʻng qoʻlingni koʻtar. Agar oʻqituvchi senga ruxsat bersa, oʻrningdan turib javob ber.
6. Ovozingni baland koʻtarib shovqin qilma. Har bir dars oraligʻidagi qisqa tanaffusda sinfdan chiqib ketib qolma.
7. Katta tanaffusda esa oʻrtoqlaring bilan sogʻligingga va axloqingga zarar bermaydigan oʻyinlari oʻyna. Xatarli oʻyinlarni oʻynama. Ovozingni baland koʻtarib baqirma. Biron kishini soʻkma yoki u yomon koʻradigan laqab bilan uni chaqirma.
8. Senga yordam bergan barcha oʻrtoqlaringga va maktab ishchilariga rahmat ayt. Chunki bu odobing goʻzalligiga dalolat qiladi va senga ularning muhabbatini oshiradi.
9. Oʻquv qurollaringni ehtiyot qil, ularni toza tut va kitob javoningga tartib bilan qoʻy. Shunda kerak paytda ularni chiqarib olishing oson boʻladi.
10. Maktabni va undagi jihozlarni huddi uyingni va undagi jihozlarni ehtiyot qilganingdek ehtiyot qil. Devorlarga yozma, suv joʻmraklarini ochiq qoldirma, deraza oynalarini sindirma va partaga qalam bilan chizma.
11. Senga berilgan har bir vazifani oʻz vaqtida bajar. Bugungi ishni ertaga qoldirma. Chunki har bir kunning oʻz amali bor.
12. Maktabdan odamlar sendan rozi boʻlgan holda qaytgin. Shunda Alloh sendan rozi boʻladi va senga hayotingda salomatlik va barakotni beradi.
Hikoya
Bir oʻquvchi maktabga kech qolib kelishga odatlanib qoldi. Oʻqituvchi esa kunning oxirida uni qamab qoʻyib jazolar edi. U koʻp kech qolavergach, oʻqituvchi kech qolib kelsa uni haydab yuboradigan boʻldi. Natijada u uyda oʻqigan narsasini tushunmaydigan boʻlib qoldi. Chunki u uy vazifasining sharhini oʻqituvchisidan eshitmasdi. Sinfdoshlarining birontasidan soʻrasa, unga javob berishmas edi. Chunki u oʻquvchilar va oʻqituvchilar orasida odobsiz deb tanilgan edi.
Ketma-ket ikki marta imtihondan yiqilgach, maktabdan haydaldi. Har safar otasi uni maktabga olib kirib qoʻysa, axloqi yomonligi va darslarga doimiy ravishda qatnashmasligi sababli maktab uni haydab yuboraverdi. Toʻsatdan uning otasi oʻlib qoldi va u butunlay maktabdan uzildi. Keyin yomon bolalarga qoʻshilib, ularning yoʻliga kirib ketdi. Onasining esa uni tarbiyalashga kuchi yetmasdi. Uni oʻz holiga tashlab qoʻydi. Natijada u oʻziga yeyishga narsa topa olmay qolib koʻchalarda oyoq kiyimlarni moylash bilan kun kechirishga majbur boʻldi.
Har safar maktabni aʼlo baholarga bitirgan sinfdoshlaridan birontasini koʻrib qolsa, yigʻlab, foyda bermaydigan vaqtda pushaymon boʻlar edi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!