Qiyomat kunidagi dahshatlarning qattiqligi

Alloh taolo aytadi:
«Ey insonlar, Parvardigoringizdan qoʻrqingiz! Zero (qiyomat) soati (oldidagi) zilzila ulug‘-dahshatli narsadir. Uni koʻrar kuningizda emizayotgan (onalar) emizib turgan (bolasini) unutar va barcha homilador (ayollar) oʻz homilasini tashlab yuborar, odamlarni mast-alast holda koʻrursiz, holbuki ular oʻzlari mast emaslar, lekin Allohning azobi qattiqdir» (Haj: 1,2).
«Bas, agar sizlar kofir boʻlsangizlar (oʻz dahshati bilan) bolalarni(ng sochlarini oqartirib) chollarga aylantirib qoʻyadigan Kun(ning azobi)dan qanday saqlanursizlar!» (Muzzammil: 17).
عَن الْمِقْدَادِ بْنِ الأَسْوَدِ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: «تُدْنَى الشَّمْسُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ الْخَلْقِ حَتَّى تَكُونَ مِنْهُمْ كَمِقْدَارِ مِيلٍ قَالَ فَيَكُونُ النَّاسُ عَلَى قَدْرِ أَعْمَالِهِمْ فِي الْعَرَقِ فَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى كَعْبَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى رُكْبَتَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يَكُونُ إِلَى حَقْوَيْهِ وَمِنْهُمْ مَنْ يُلْجِمُهُ الْعَرَقُ إِلْجَامًا قَالَ وَأَشَارَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِيَدِهِ إِلَى فِيهِ» (رواه مسلم).
Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qiyomat kuni quyosh xalqlarga juda yaqin keltiriladi, hatto bir mil miqdorida qilinadi. Shunda odamlar amallari miqdoriga qarab ter ichida boʻladilar. Baʼzilari toʻpiqlarigacha, baʼzilari tizzalarigacha, baʼzilari bellarigacha (terga botadi), ayrimlarini ter yuganlab oladi», shunday deb Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qoʻllari bilan ogʻizlariga ishora qildilar (Imom Muslim rivoyati).
عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «إِنَّ الْعَرَقَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لَيَذْهَبُ فِي الأَرْضِ سَبْعِينَ بَاعًا وَإِنَّهُ لَيَبْلُغُ إِلَى أَفْوَاهِ النَّاسِ» أَوْ «إِلَى آذَانِهِمْ» يَشُكُّ ثَوْرٌ أَيَّهُمَا قَالَ (رواه مسلم).
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Ter qiyomat kuni yerda yetmish qulochgacha ketadi, u odamlarning ogʻizlarigacha yoki quloqlarigacha – roviy shak qilgan – yetadi» (Imom Muslim rivoyati).
Sharh:
Qiyomat kunining dahshati buyuk, mashaqqati ogʻir, u kuni odamlarga qattiq qiyinchilik yetadi, quyosh yaqin keltiriladi, amallariga qarab terga botadilar, ter yerda uzoq masofalarga yetadi.
Bugungi darsdan olinadigan foydalar:
1. Qiyomat kunining dahshati ogʻirligi;
2. Quyosh odamlarga juda yaqin keltiriladi, ular qattiq terga botadilar;
3. Ter har bir kishining amaliga qarab toʻpigʻidan tortib ogʻzigacha yetadi.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!