🕌 Islom

Koʻchada yurish odobi

2 daqiqa 4.1K marta oʻqildi
Koʻchada yurish odobi
Musulmon bolaning odob-axloqi

Koʻchada yurish odobi

Ey oʻgʻlon, koʻchada koʻp odam yuradi. Ularning baʼzilari piyoda, baʼzisi mashinaga mingan, biri shoshilgan va boshqasi shoshmasdan sekin ketayotgan, ulardan baʼzisi yoshi katta boʻlsa, boshqasi kichkina. Agar sen ularning orasida yursang, oʻzingni va boshqalarni yoʻl ozorlaridan saqlashga majbursan. Shuning uchun sen quyidagi nasihatlarga quloq solishing kerak:
1. Tiqin koʻchada ketayotganingda piyodalar yoʻlakchasida yur.
2. Agar biron doʻsting yoki qarindoshingni koʻrib qolsang va u bilan koʻrishmoqchi boʻlsang, yoʻlning oʻrtasida u bilan uzoq turma.
3. Agar koʻchada oʻrtoqlaring bilan ketayotgan boʻlsang, eniga bir saf boʻlib koʻchani toʻldirib olmanglar, chunki yoʻl yolgʻiz sizlar uchun emas.
4. Agar bir ojiz yoki zaif kishi yoʻldan oʻtkazib qoʻyishlikni soʻrab sendan yordam soʻrasa, unga yordam ber. Bu bechora bilan yurishga uyalma.
5. Koʻchada ketayotganingda kitob oʻqish bilan mashgʻul boʻlma, yon-atrofga koʻp alanglama. Tijorat doʻkonlari yoki oʻyingohlar oldida koʻp turib qolma.
6. Yurganingda shoshilib tez ham yurma, juda sekin ham yurma, oʻrtacha yurgin va doimo oldinga qara.
7. Mashinaga yoki biron bir markabga mingan boʻlsang ham yoʻlda ketayotganingda ovqat yeyishing odobdan emas.
8. Yoʻlda yotgan toshni oyogʻing bilan tepma va sotuvchilar doʻkonlarining eshiklariga osib qoʻygan mollarni oʻynama.
9. Agar sen velosiped yoki mashinaga mingan boʻlsang, koʻchaning oʻng tomonidan yur.
10. Yurib ketayotgan tramvayga minishga yoki undan tushishga urinma.
11. Agar yoʻldan adashib qolsang yoki birodaring joyini bilmay qolsang, odob bilan yon-atrofdagilardan soʻra.
12. Agar biron kishiga bilmasdan ozor yetkazib qoʻysang, masalan unga turtilib ketsang yoki qoʻlidan biron narsani tushirib yuborsang yoki uning oyoq kiyimini bosib olsang, undan muloyimlik bilan kechirim soʻra.
13. Oʻzing tanimaydigan odamning yuziga uzoq tikilib turma va nogironlarni-zaiflarni masxara qilma.

Hikoya

Bir ota oʻgʻliga maktabga tramvayda borib kelishi uchun yoʻl haqi berib turar edi. Bir kuni nafsi bu oʻquvchini tramvayning puliga xolva sotib olib piyoda qaytgin deb vasvasa qildi. U uyga qaytayotganida baʼzi yomon bolalarning tramvay orqasiga osilib ketayotganlarini koʻrib, bu ham ularga oʻxshab tramvayga osilib oldi. Tramvay tez ketayotgan edi. Toʻsatdan chipta tekshiruvchi uni koʻrib qoldi. Bola qoʻrqib ketib oʻzini yerga otdi. U yuz-qoʻli bilan yerga yiqilib, kiyimlari yirtildi. Kitoblari sochilib ketdi. Yuzi, bilaklari va oyoqlari shikastlanib xushidan ketdi. Keyin tez-yordam mashinasi kelib uni shifoxonaga olib ketdi. U shifoxonada bir necha kun qolib, butunlay sogʻaygandan keyin uyiga qaytdi. Qaytib bunday ish qilmaslikka ahd qildi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!