🕌 Islom

Koʻzini nomahramdan toʻsuvchi yigitning mukofoti…

2 daqiqa 2.8K marta oʻqildi
Koʻzini nomahramdan toʻsuvchi yigitning mukofoti…
Taʼsirli hikoya…

Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashovchi bir faqir goʻzal xulqli dindor arab yigit boʻlgan. Uni odati doim nomahram ayollarga qarashlikdan koʻzini toʻsib yurardi… Kunlardan bir kuni u AQSHning osmonoʻpar binolarining birida muayyan bir qavatga liftda koʻtarilayotgan edi. U liftda bir amerikalik oʻzini goʻzalligi bilan mashhur boʻlgan bir qiz ham bor edi va u qiz hashamatli oʻziga maftun etuvchi libosda edi.

🌺 Ular liftda muayyan qavatga koʻtarilib borar ekan u arab yigit u qizga liftdagi boshqa erkaklar qaragani kabi qaramas edi. U qiz hamma unga qarab faqatgina arab yigit unga qaramayotganligidan ajablanar edi.

🌸 Keyin haligi erkaklar muayyan bir qavatda liftdan tushib qolishdi va u arab yigit amerikalik goʻzal qiz bilan liftda yolgʻiz qolishdi. U qiz oʻziga nisbatan gʻarib yigit bilan yolgʻiz qolganini bilgach.

💐 Gʻayri oddiylikni his qildi. U yigit amerikalik qizdan koʻzini olib qochishlikda davom etardi. Amerikalik qiz yigit unga umuman qaramayotganligidan hayron boʻlardi.

🔷 Gʻarbliklarda odat boʻyicha ular tanimaydigan odam bilan ham hazillashaverishadi… U qiz arab yigitdan shunday deb soʻradi:
➖ Nega boshqa tarafga qarab turibsan? Men seni nazaringda goʻzal emasmanmi?
Yigit:
➖ Men goʻzal yoki goʻzal emasligingni bilmayman.
Qiz:
➖ Nega bilmaysan?
Yigit:
➖ Chunki men aslo senga qaramayapman.
Qiz:
➖ Nega menga qaramayapsan? Nega liftda ayollarga yaqinlashmaysan boshqa erkaklar yaqinlashgani kabi?
Yigit:
➖ Aʼuzu billah men Alloh taolodan qoʻrqaman.
Qiz:
➖ Seni menga qarashdan man qilayotgan narsa bu diningmi?
Yigit:
➖ Ha - dedi.

🍃 Soʻng qiz bu din bilan koʻproq tanishishlikni istadi va islomni qabul qilishni istadi, lekin u qiz ana shu vaqtni oʻzida u yigitga qalbi moyil boʻldi. Chunki u yigitning diniga boʻlgan vafosiga qoyil qoldi. Keyin u oʻzlarini jamiyatidagi ayollar singari yigit bilan suhbatda aloqada boʻlishni istadi, lekin yigit aslo unga qaramas edi.

☘ Keyin qiz u yigit bilan gaplashishni istagan paytda, yigit u qizga faqat halol holatda ayol bilan aloqa qilishini aytdi. lekin qizda agar yigit bilan harom holatda aloqa qilishni istasa moneʼlik yoʻq edi. Ammo qiz halol yoʻl bilan aloqa qilishdan ham bosh tortmadi. Qiz juda badavlat edi soʻng Islomga kirdi va yigitni juda qattiq sevib qoldi.

🌹SubhanAlloh qarang… odatda aloqalar bir biriga qarashlik bilan boshlanadi. Bu aloqa esa koʻzni haromdan toʻsishlik bilan boshlandi. Natijasi nima boʻldi?! Alloh u yigitni goʻzal ayol bilan rizqlantirdi va u ayolni Islomga kirishini savobi bilan rizqlantirdi va Alloh uni faqirligidan keyin molu davlat bilan badavlat qildi. Alloh taolo oyatda shunday marhamat qiladi:

🔹«…Kim Allohdan qoʻrqsa (yaʼni yuqorida mazkur boʻlgan taloq qilish qonun-qoidalariga Allohdan qoʻrqqani uchun rioya etsa), U zot uning uchun (barch gʻam-kulfatlardan) chiqar yoʻlni (paydo) qilur. Va uni oʻzi oʻylamagan tomondan rizqlantirur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) Oʻzi unga yetarlidir…» (Taloq surasi 2 3 oyatlardan)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!