Hamza ibn Abdul Muttalib
Makka ahli saʼy-harakat, mehnat, ibodat va lagʻv − behudaga tolib- toshgan kundan keyin kechasi chuqur uyquga tushgan. Qurayshliklar toʻshaklari ustida u yoq- buyoqlariga agʻdarilib uhlab yotibdilar… Faqatgina ulardan bir inson yonboshini toʻshagidan uzoqda tutib, bedor boʻlmoqda. U kechasi uyquga barvaqt yotib, bir-ikki soat orom olgach, buyuk zavq va shavq bilan oʻrnidan sakrab turardi. Chunki u Alloh taolo bilan ahdlashgandi. Bas, u hujrasidagi ibodat qiladigan joyiga borib, robbisiga munojot va duo qilardi. Har qachon astoydil duo bilan tavba-tazarru qilib yigʻlayotgan shovqinini eshitib uygʻongan ahli unga rahmi kelib, oʻz nafsini bu qadar qiynamasdan uyqu orqali orom olishga chaqirganda koʻzlarida yosh bilan unga :«Ey Hadija, uhlaydigan davr oʻtdi!», deb javob berardi.
Bu inson daʼvatini endigina boshlab, soʻzlarini boshqalarga mahfiy ravishda, pichirlab gapirishiga qaramay, Quraysh ahliga uyqu bermay ularni bezovta qila boshladi. U Zotga iymon keltirganlar hali juda ozchilikni tashkil qilardi. Iymon keltirgan moʻminlardan tashqari, unga nisbatan hurmat va muhabbatni qalbida koʻtarib ,hali iymon keltirishga ulgurmagan insonlar ham bor edi. Bu insonlarning qalblari u Zotga iymon keltirib, uning muborak karvonida sayr qilishga zavq-shavq bilan toʻlib toshgan edi. Jamiyat va urf-odatlarning uslubi, ota-bobolaridan meros qolgan dinlariga taqlid qilish bosimi, gʻarb va sharq orasidan chiqayotgan nidolar tufayli ikkilanishdan oʻzga narsa ularni iymon keltirishdan toʻsmasdi. Shunday insonlardan biri Rosululloh sallallahu alayhi vasallamning amakilari va emikdosh birodarlari boʻlmish Hamza ibn Abdul Muttalib edi. Hamza jiyaning ulug‘ va komil inson ekanligini hamda uning ishining haqiqatini va goʻzal hislatlarini juda yahshi bilar edi.
U jiyanini faqatgina amaki sifatida emas, balki birodari va doʻsti sifatida tanir edi. Chuni u Rasululloh sollallahu alayhi vasallam bilan bir urugʻdan boʻlib yoshlari ham bir- biriga yaqin, birga oʻsib, birga oʻynab, birga birodar tutinib, eng avvaldan qadamma- qadam yurib ulgʻaygan edilar. Garchi yoshlikda bir hil yoʻlda boʻlgan boʻlsalar-da, ulgʻaygach, Hamza oʻz tengqurlari bilan dunyoning yahshiliklaridan foydalanishda raqobatlashib, Makka va Quraysh zodagonalri orasidagi oʻz obro‘-eʼtiborini oshirish yoʻlini tanladi. Ammo Muhammad sallallahu alayhi vassallam esa Allohning yoʻlini unga yoritib berayotgan nurini ibodat bilan ziyoda qilish hamda uni chuqur tafakkurga choʻmdirib, hayotning gʻavgʻolaridan yiroq qilayotgan qalbining tubidan chiqayotgan nido haqida oʻylab, haqiqat bilan koʻrishishga tayyorgarlik koʻrar edilar. Ikkisining tanlagan yoʻllari har hil boʻlishiga qaramay, Hamza oʻzining jiyani va tengquri boʻlgan Rasulullohning barcha komil fazilatlarini bir zum ham unutmagan edi. Albatta, bu kabi komil fazilatlar va goʻzal ahloqlar egasi barcha insonlar qalblarida yuksak maqomga ega boʻlib, uning buyuk istiqboli uchun oydin va ravshan surat chizib berdi.
Bir kuni erta tongda Hamza odatdagidek koʻchaga chiqdi. Kaʼbaning yoniga kelib, u yerda Quraysh boshliqlari va sayyidlaridan bir guruihini koʻrib qoldi. Ular bilan birga oʻtirib, nima haqida suhbatlashayotganlariga quloq tutdi. Ular Muhammada sollallohu alayhi vasallam haqida gaplashayotgan edilar. Hamza qarasa, ular birinchi bor jiyanining daʼvati haqida xavotirga tushib gapirishar hamda soʻzlarida Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan achchiqlanish, gʻazab va hasadga urgʻu berishayotganini bildirishar edi. Muhammadning daʼvatiga ilgari bu qadar eʼtiborlari yoʻqligini va befarq ekanliklarini izhor qilganday boʻlar edilar. Ammo bugunchi? Yuzlarida xavotir mavj urib, gʻazab bilan goʻyo u Zotni gʻajiguday soʻzlamoqdalar!!! Hamza ularnining soʻzlarini eshitib uzoq kuldi, soʻngra ularni haddan ziyod oshirib, yomon gumon qilishda aybladi. Abu Jahl oʻrnidan turib oʻtirganlarga dedi:«Albatta, Hamza Muhammad daʼvat qilayotgan narsaning habarini hammadan koʻra yahshiroq biladi, lekin u buni yengil sanab, hatto Quraysh uyquga ketib, soʻngra tongda uygʻonganida hamma yer rasvo boʻlib, jiyanining ishi gʻolib boʻlishini istaydi».Mushriklar bir-birlariga hayqirib va doʻq-poʻpisa qilib suhbatlarini davom ettirishardi… Hamza esa bir tabassum qilib, bir jahli chiqar edi. Hamma tarqab, uy- uyiga joʻnab ketgach, Hamza boshini yangi fikrlar va xavotirlar bilan ogʻirlashtirib oʻzi bilan oʻzi bahslashib, jiyanining daʼvati hususida oʻylay boshladi. Kunlar ketidan kunlar oʻtib, Qurayshning Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan daʼvatlari atrofidagi hayqiriq va xavotirlari yanada ziyoda boʻldi. Soʻngra bu xavotirlar janjalga aylandi.
Hamza esa bu voqealarni uzoqdan kuzatib turdi. Jiyanining sabot bilan turishi Hamzani hayratga sola boshladi. Chunki u Zotning oʻz iymoni va daʼvati yoʻlidagi fidoyiligi barcha Quraysh uchun ilgari koʻrilmagan yangilik edi. Agarda oʻsha kunlarda biror bir shak Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning rostgoʻyliklari va buyuk fazilatlari hususida biron insonni shubhaga sola olsa, bu shak Hamzaning qalbi va xayoliga sira yoʻl topa olmas edi. Hamza Muhammad sollallohu alayhi vasallamni goʻdakligidan to ulgʻayguncha insonlar orasida eng yaxshi biluvchi zot edi. U jiyanini huddi oʻzini tanigandek, balki undan-da ziyoda tanir edi. Ikkovlari birga hayotga kelganlaridan boshlab, to birga oʻsib-ulgʻaygunlarigacha Muhammad sallallohu alayhi vasallamning hayoti quyoshning nuri kabi pokiza edi!!! Hamza mana shu pokiza hayotdan yetgan biror shubhani eslay olamydi. Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning biror kishiga gʻazab qilganlarini yoki birovdan tama qilganlarini koʻrmagan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashishdan oʻzini chetga olishi mumkin emas edi. Bas, Hamza tez kunda Rasululloh sollallahu alayhi vasallamga iymon keltirishni qalbiga tugib qoʻydi. Oʻsha kun yetib keldi…. Hamza kamonini yelkasiga osgan holda, sevimli mashgʻuloti boʻlmish ovchilik qilish uchun sahroga tomon yuzlanib uyidan chiqdi. U ovchilik bobida nihoyatda mohir edi. Sevimli mashgʻulotini tugatib, oʻljasi bilan uyiga qaytayotganida, odatiga koʻra tavof qilish uchun Kaʼba tomon yoʻl oldi. Kaʼbaga bir oz qolganda Abdulloh ibn Shudʼon xodimasi unga yoʻliqdi. Xodima Hamzani koʻriboq dedi: «Ey Abu Umora, agarda jiyaning Muhammadga xozirgina Abu Hakam ibn Hishomdan yetgan ozorni koʻrganingda edi. Uni Kaʼba yonida koʻrib qolib, soʻkib haqoratlab qattiq ozor berishdi.» Soʻngra Abu Jahl Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qanday ozor berganini birma-bir tushintira ketdi. Hamza uning soʻzini diqqat bilan tingladi, biroz sukut saqlab, soʻngra kamonini olib yelkasiga osdi. Keyin tez va shahdam qadamlar tashlab, Abu Jahlni uchratib qolish maqsadida Kaʼba tomon yurib ketdi. Agar Kaʼba yonida uni uchrata olmasa, albatta, boshqa yerlarni qidirib uni topishga ahd qildi.
Biroq Kaʼbaga yetgach, Abu Jahl bir guruh Quraysh zodagonlari orasida oʻtirganiga koʻzi tushdi. Hamza oʻzini bosgan holda Abu Jahlning yoniga kelib, kamoni bilan uni boshiga bir tushirdi. Abu Jahlning boshi yaralanib qonab ketdi. Oʻtirganlar dahshatdan oʻzlariga kelmaslaridan ilgari Hamza Abu Jahlga qarata qichqirdi: «Muhammadni haqorat qildingmi? Bilginki, men ham uning dinidaman. U aytgan soʻzni men ham aytaman. Agar qodir boʻlsang, menga javob qaytar». Oʻtirganlar barchalari boshliqlari ustiga tushgan xorlikni va uning boshidan oqayotgan qonni bir lahzaga unutib qoʻyishdi. Ularni ustilariga yashindan tushgan Hamzaning soʻzlari mashgʻul qilib qoʻydi. Bu shunday soʻzlar ediki, ular orqali Hamza Muhammad sollallohu alayhi vasallamning diniga kirib, u aytayotgan soʻzni aytishini bildirdi. −Hamza Islomni qabul qildimi?! −Qurayshning eng baquvvat va ulug‘ yigiti-ya?! Bu Quraysh ustiga tushgan katta bir halokat ediki, uni qaytarishga qodir emasdilar. Hamzaning Islomni qabul qilishi, sara insonlarning koʻpchiligini tez kunda Islom tomonga boshlashi mumkin. Bu bilan Muhammad oʻz atrofiga tez orada kuchiga kuch qoʻshadigan, daʼvatini quvvatlaydigan kuch va quvvatni topishi mumkin. Natijada qurayshliklar kunlardan bir kuni oʻz but-sanamlarini parchalab tashlayotganning shovqinini eshitib uygʻonadi!!! Ha, albatta, Hamza iymon keltirdi. Va Quraysh boshliqlariga hafsalasini pir qilgan mushrik jamoatni tark qilib, qalbini Islomga bagʻishlaganini eʼlon qildi. Abu Jahl yorilgan boshidan oqayotgan qonni artish bilan mashgʻul boʻlib turgan paytda Hamza kamonini yelkasiga osib, shahdam qadamlar tashlab uyi tomon ravona boʻldi. Hamza teran aql va yuksak qalb sohibi ham edi. Uyiga qaytgach, kunning gʻavgʻolaridan forig‘ boʻlib, fikr qilish uchun oʻtirdi. Hozirgina boʻlib oʻtgan hodisa hech ham koʻz oʻngidan ketmasdi. Oʻz Islomini qanday qilib va qachon eʼlon qildi …?! Darhaqiqat, u oʻz Islomini gʻazab va nafratga toʻlib, qizishgan lahzalarda eʼlon qildi. Jiyani biror yordamchi topolmay haqorat qilinib, zulmlanganligiga gʻazab qilib, bani Hoshimning sharafini himoya qilgan holda, Abu Jahlning boshini yorib uning yuziga Islomni qabul qilganini ochiq- oydin eʼlon qildi. Lekin inson uchun asrlar davomida amal qilinib kelgan ota-bobolarining dinini tark qilib, haqiqatini oz bilgan va taʼlimotini oʻrganib chiqmagan dinni qabul qilishning eng toʻgʻri yoʻli shu boʻla oladimi? Haqiqat shuki, Hamza Muhammad sollallohu alayhi vasallamning rostgoʻyliklari va niyatlarining pokligiga zarracha ham shubha qilmas edi. Biroq kishi butun farzlari va masʼuliyatlari bilan yangi dinni gʻazabga toʻlgan holda qabul qilishi mumkinmi? Bas, Hamza tafakkur qila boshladi…. Oradan bir necha kunlar oʻtdi. Ammo Hamza na kunduzi va na kechasi tinch orom olar edi.
Shunday qilib, Hamza Islom haqiqatiga yetishish uchun ota-bobolaridan qolgan eski din bilan yangi dinni taqqoslab tarozuga solib, aqlini bir oz ishlatib koʻrgan edi, hatto nafsiga ota-bobolaridan meros qolgan dinga fitriy xohish va har bir yangi sinalmagan narsadan fitriy qoʻrquv hosil boʻldi. Uning xayolidan Kaaba oli halar va but sanamlar va ota-bobolaridan qolgan din va uning natijasida quraysh ahli va butun Makkaga kelgan obro‘-eʼtibor oʻta boshladi. Darhaqiqat, uning qalbida jiyani bayrogʻinin koʻtargan bu yangi daʼvatga nisbatan hurmat va ehtirom cheksiz edi. Ammo agar unga mana shu daʼvatga iymon keltirib, unga ergashib va uni himoya qilish taqdir qilingan boʻlsa, bu dinga kirishning eng munosib vaqti qachon boʻlishi mumkin? Gʻazab va nafratga toʻlib toshgan lahzalardami yoki aqlini ishlatib chuqur fikr yurgizgan vaqtdami? Shunday qilib, qalbining toʻgʻriligi va fikrining pokligi uning bu ish hususida yangitdan, chuqur va nozik ravishda fikr qilishga chorladi. Hamza taajjub qildiki, qanday qilib inson bu qadar os onlik va tezlik bilan ota-bobosining dinini tark qilishi mumkin. Va qilib qoʻygan ishiga nadomat chekdi. Lekin yana oʻziga kelib aqliga murojaat qila boshladi. Qarasa, haqqa yetishishga aqlning oʻzi kifoya qilmas ekan. Soʻngra u Kaʼbaning yoniga borib, koʻzlarini samoga qaratgan holda unga hidoyat yoʻlini koʻrsatishligi uchun Alloh taologa yolvorib tazarru bilan duo qila boshladi. Keling, uning oʻziga quloq tuta qolaylik, u bizga qolgan voqealardan hikoya qilib bera qolsin: «Soʻngra qavmim va ota-bobomning dinini tark qilganimga meni nadomat tutdi, pushaymin boʻlganligimdan kechasi bilan uyqum kelmadi, soʻngra Kaʼbaga borib Allohning qalbimdagi shak-shubhani ketkazib, uni haq tomonga burishini yolborib soʻradim. Bas, Alloh mening duolarimni ijobat qilib qalbimni iymon va yaqin bilan toʻldirdi. Ertasi kuni Rasululloh sollallahu alayhi vasallam huzurlariga borib, barcha boʻlib oʻtgan ishlarni u Zotga soʻzlab berdim. Bas, u janob Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Allohdan qalbimni dinida sobit qilishini soʻrab duo qildilar.» Shunday ravishda Hamza roziyallohu anhu Islom dinini qabul qildi. Alloh taolo Hamza roziyallohu anhu bilan Islomni aziz qildi. Ukuchli gʻurur bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va u Zotning zaif asʼhoblarini himoya qila boshladi. Abu Jahl Hamzani muuslmonlar safida koʻrgach, urushdan qochishning hech ham chorasi yoʻqligini tushunib yetdi. Soʻngra Quraysh mushriklarini Rasululloh bilan u kishining asʼhoblariga aziyatlar yetkazishga gijgijlay boshladi. Albatta, tabiiyki, Hamza musulmonlarga yetadigan barcha aziyatlarni qaytara olmasdi, lekin shunga qaramay, uning islomi musulmonlar uchun himoya va qalqon boʻldi. Shuningdek, Hamza roziyallohu anhu soʻngra Umar ibn Hattob roziyallohu anhularning Islom dinini qabul qilishlari tufayli koʻpgina qabilalar guruh-guruh boʻlib Islomni qabul qilishlari uchun turtki boʻldi.
Hamza roziyallohu anhu iymon keltrriganlaridan keyin butun kuch quvatini va hayotini Alloh va uning diniga bagʻishladi. Hatto Nabiy sollallohu alayhi vasallam uni «Alloh va Rasulining arsloni», degan buyuk nom bilan mukofotladilar. Musulmonlar dushman bilan toʻqnashgan birinchi jangda Hamza qoʻshinning amiri vazifasini bajargan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmonlarga tutqazgan bayroqning ilk sohibi ham Hamza roziyallohu anhu edi. Ikki qoʻshin toʻqnashgan Badr jangida Alloh va Rasulining arsloni buyuk jasoratlarni koʻrsatdi. Magʻlubiyatdan alamda boʻlgan Quraysh qoʻshinlarinngi qoldiqlari Badrdan Makkaga qaytishdi. Abu Sufyon ham boshini egib qalbida qoʻrquv bilan Makkaga kirib keldi. Chunki u jang maydonida Quraysh boshliqlarining eng ulugʻlaridan boʻlmish Abu Jahl, Utba ibn Robia, Shayba ibn Robia, Umayya ibn Halaf, Uqba ibn abi Muayt, Asvad ibn Abdul Asad, Al Mahzumiy, Valid ibn Utba, Nazr ibn Xolis, Os ibn Sayid, Tama ibn Adi va oʻnlab qurayshning dovyurak yigitlarini qoldirib kelayotgan edi. Quraysh bu magʻlubiyatni osonlik bilan qabul qila olmay, qaytadan oʻch olish uchun butun kuch quvvati va mol mulkini toʻplab musulmonlarga qarshi urush qilishga tayyorgarlik koʻrdi. Quraysh Abu Sufyon boshchiligida butub urug‘ aymogʻlari va arab qabilalari orasidagi doʻstalrini yigʻib Uhudga yetib keldi. Qurayshning boshliqlari bu jangda ikki kishini nishon qilib olishgan edi. Ular Rosuli akram sallallahu alayhi wasallam va Hamza rodaiallohu anhu edi.
Ha albatta! Ularning urushga chiqishdan ilgari mahfiy suhbatlarini eshitgan kishi, Hamza Rsululloh sallallahu alayhi wasallamdan keyin bu jangdagi asosiy moʻljal ekanligini osongina bilib olish mumkin edi. Mushriklar urushga chiqishlaridan avval Hamzani oʻldirish uchun bir kishini tanladilar. U Habashiy qul boʻlib, nayza otish bobida yuksak mahorat egasi edi. Ular bu habashiy qulning jandagi vazifasi faqatgina Hamzani “ovlab”nayzasi bilan uni qatl qilishidan iboratligini uqtirib , urushning taqdirining qanday rivoj olishiga qaramay oʻz vazifasidan sira ogʻishmasligini buyurdilar. Unga buning evaziga juda ulug‘ mukofot, yaʼni ozozdlikni vaʼda qildilar. Bu kishining ismi vahshiy boʻlib, Jubayr ibn Mutʼamning quli edi. Jubayrning amakisi Badr kuni halok boʻlgandi. Jubayr quliga dedi: Odamlar bilan jangga chiq, agar Hamzani qatl qilsang, ozod boʻlasan! Songra mushriklar Vahshiyni oʻzlarining asosiy nishonlaridan biri bolgan Hamzani daf qilish uchun koproq gij gijlash uchun, uni Abu Sufyonning hatini Hind bintu Utbaga topshirishdi. Hind Badr jangida otasi akasi va oʻgʻlini yoʻqotgan edi. Unga: Hamza shularning baʼzilarini oʻldirib baʼzilarini esa oʻldirishga koʻmaklashgan, deb habar berishgandi. Shuing uchun Quraysh erkak va ayollarini kopchilgi bu urushga chiqishga horis bolʼdilar. Ularning asosiy maqsadlari, garchi bu hatarli ishning qiymati har qancha boʻlmasin, Hamzani qatl qilish edi. Hind jangga chiqishdan bir necha kun ilgari butun yumushlarini yigʻishtirib, faqatgina vahshiyning qalbini Hamzaga nisbatan adovat va gʻazabga toʻldirish bilan mashgʻul boʻldi. U vahshiyligi oʻzi ega boʻlgan barcha zeb zoynat, duru gavharlarini qoʻliga tutgan holda, dedi: “Agar Hamzani qatl qilsang mana bularning hammasi seniki deb vaʼda qildi. Vahshiy bu zeb ziynatlarni koʻrib soʻlakalri oqqan holda, ozodligini qoʻlga kiritib qaytib qul boʻlmasligi va Quraysh boshligʻI ayolining boʻynini bezatib turgan zeb ziynat va duru gavharlarga ega boʻlgan holda chiqadigan bu jangni hayolidan oʻtqazib, uni mushtoqlik bilan kuta boshladi. Demak mushriklarning mahfiy kelishuvlari va butun jangning asosiy maqsadi ochiq oydin shaklda Hamzani oʻldirishdan iborat ekan. Uhud gʻazoti ham yetib keldi. Ikki qoʻshin bir biri bilan toʻqnashdi. Hamza rodiallohu anhu jang maydononing oʻrtasida turar, urush liboslarini kiyib, koʻkisga har doimfgidek tuyaqush patini taqib olgan edi. U mardlik bilan jang qilib, roʻparasidan chiqqan mushriklarni birin ketin yer tishlatardi.
Musulmonlar ham barchalari hujumga oʻtib, mushriklar esa magʻlub boʻlib, ortlariga qochib, chekina boshlaganlaridan goʻyo gʻalaba nusrat juda yaqindayboʻlib koʻrina boshladi. Agarda togʻning tepasida turgan kamonchilar gʻanimatlar ilinjida joylarini tark etib, pastga tushib buning oqibatida pistirmada turgan mushriklar qoʻshinga togʻning ortidan hujumga oʻtishga imkoniyat paydo ’ilib bermaganlarida, shubhasiz Uhud gʻazoti faqatgina Qurayshning erkagu ayollari uchun emas, balki uning otlariyu tuyalarining ham qabristoniga aylangan boʻlar edi. Musulmonlar gʻaflatda qolgach, ularning ortlaridan mushrikla otliqlari hujumga oʻtib birin ketin musulmonlarni qilichdan oʻtkaza boshladilar. Bu holatdan musulmonlar esankirab qoldilar, chunki koʻpchiliklari qilich va nayzalarini yerga uloqtirib, hamma narsalarni tashlab qochib ketayotgan mushriklar qolgan gʻanimatlarni toʻplash bilan ovora boʻlib qolishgan edi. Musulmonlar yana qayta oʻzlariga kelib, uloqtirib yuborgan qurol aslahalarini qaytib qoʻllariga olib, jang qila ketdilar. Lekin fojia yuz berib, butun jangdagi tashabbus mushriklarning qoʻllariga oʻtib boʻlgan edi. Bu voqealarni koʻrib turgan Hamza oʻzini yoʻqotmay, quvvatiga quvvat kuchiga kuch qoʻshilib yanada qattiq jang qila boshladi. Birin-ketin mushriklarni qilichi bilan savalab, yer tishlatayotgan vaqtda Vahshiy uni kuzatib, nayzasi bilan zabt etish uchun vaqt poylab turardi. Keling bu voqealarni bayon qilib berishni Vahshiyning oʻziga qoʻyib bera qolaylik: “Men habashiy bir odam edim. Huddi habashilarga hos boʻlganidek, nayzasi bilan biron narsani moʻljalga olib uloqtirsam kamdan kam holda hato qilar edim. Ikki tomon Uhud gʻazotida toʻqnashgan vaqtda men ham birga chiqdim. Hamzani qidirib ohiri odamlar orasida huddi kul rang tuyadek ajralib turib jang jang qilayotganiga koʻzim tushdi. Qarshisidan chiqqan kishini qilichi bilan urib yer tishlatardi. Allohga qasamki men uni oʻldirish uchun tayyorgarlik koʻrgan edim. U menga yaqinroq kelishi uchun bir darahtning orqasiga yashirinib, payt pylab turdim. Shu payt mendan ilgari Sibog‘ ibn Abdul Uzzo unga tashlandi. Hamza uni koʻrishi bilanoq unga: “Qani beri kelchi, ey aʼzolarni kesuvchi” deb, qilichi bilan shartta uning boshini kesib tashladi.
Shu payt nayzasini siljitib, payt poylab nishonga tegishiga aniq ishonch hosil qilgach, nayzamni uloqtirgan edim, uning kindigi ostiga tegib, ikki oyoqlari oʻrtasidan teshib chiqdi. Soʻng u menga tashlanmoqchi bolʼdi lekin holdan toyib yiqilib joni uzildi… Uning oldiga borib, nayzasini sugʻurib oldim. Soʻng jang maydonini tark etib, askarlarning qarorgohida oʻtirib turdim. Sababi men jang qilish uchun kelmagan edim. Ozod boʻlish uchungina Hamzani qatl qilgan edim.” Vahshiy oʻz soʻzini nihoyasiga yetqazib qoʻyish uchun unga yana bir oz quloq tutsak zarari yoʻq deb oʻylayman: “ Makkaga qaytganimdan soʻng ozod qilindim. Rosululloh Makka fathida unga kirmagunlaricha men Makkada yashadim. Soʻng Toifga qarab qochdim. Qachonki Toif ahli Rosululloh sallallohu alayhi vasallamga iymon keltirish uchun Madinaga bir guruh elchilarini joʻnatgach, men uchun barcha boradigan yoʻllar berkildi. Men oʻzimcha: “ Shomga yoki Yamanga yoki boshqa biror yerga boraman” deb oʻyladim. Allohga qasam men shuni harakatida turganimda bir kishi kelib menga dedi: “ Ey bechora, albatta Rosululloh sallallohu alayhi vasallam oʻz dinlariga kirgan biror kishini qatl qilmaydilar”. Soʻngra men Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning huzurlariga, Madinaga bordim. U zodning koʻzlari menga tushishi bilanoq shahodat kalimasini aytib iymon keltirdim. Soʻngra menga dedilar: “Sen Vahshiymisan?” Men: “Ha yo Rosululloh” dedim. U zot: “Qanday qilib Hamzani oʻldirganingni menga aytib ber” dedilar. Bas men boʻlgan voqeani soʻzlab berdim. Soʻzimni nihoyasiga yetkazgach menga dedilar: “Ey bechora, yuzingni mendan yashirgin”. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam to vafot etgunlariga qadar meni koʻrib qolmasliklari uchun u zotdan oʻzimni olib qochib yurdim. Vaqtiki musulmonlar Yamoma sohibi boʻlgan Musaylamatul Kazzobga qarshi jangga otlanganlarida men ham Hamzani oʻldirgan nayzamni olib, ular bilan birga chiqdim. Jang boshlangach koʻzim qoʻlida qilichini tutib tik turgan Musaylamaga tushdi. Nayzamni olib unga uloqtirdim. Bas nayzam unga tegib yiqildi. Garchi men manashu nayzam bilan insonlarning eng yahshisini qatl qilgan boʻlsamda, huddi shu nayzam bilan insonlarning eng yomonini oʻldirganim tufayli Alloh meni magʻfirat qiladi deb umid qilaman”. Alloh va Rosulining arsloni mana shunday shahidlarning ulugʻi boʻlgan holda vafot topdi. Hayoti ham shovqin suronli boʻlgani kabi oʻlimi ham huddi shunday shovqin suronli boʻldi. Dushmanlari uni oʻldirish bilan kifoyalanmadilar. Qanday qilib kifoyalanish yoki qanoatlanish hosil qilsinlar, ahir ular bu jang uchun butun mol davlatlari va hamda erkaklarini toʻplab, maqsadlari faqatgina Rosululloh va Hamzani qatl qilishdan oʻzga narsa boʻlmasa? Abu Sufyonning hotini Hind bintu Utba Vahshiyga Hamza Rodiallohu anhuning koʻksini yorib jigarini keltirishni buyurdi. Bas Vahshiy bu quturgan ayolning ragʻbatini qondirib unga oʻng qoʻli bilan Hamzaning jigarini uzatib, chap qoʻli bilan Hindning zeb ziynatlarini oldi. Hind Hamzaga nisbatan gʻayri insoniy bu nafrat va gʻazabini qondirish uchun uning jigarini chaynay boshladi. Ammo bu pokiza insonning jigari uning tishlariga boʻysunmadi. Natijada Hind uni yutishga ojiz qolib ogʻzidan chiqarib tashlashga majbur boʻldi. Shunday qilib jang nihoyasiga yetdi. Mushriklar tuya va otlariga minib shahid musulmonlarni koʻmish uchun Makkaga qaytib keldilar. Rosululloh sallallohu alayhi vasallam va sahobiylar tepalikdan jang maydoniga tushdilar. Rosululloh vodiydagi Alloh taologa oʻz jonlarini sotib uning evaziga buyuk robbilariga qurbat hosil qilib qurbon boʻlib yotgan sahobiylarning yuzlariga birma bir tikildilar. Birdan muborak yuzlarida qaygʻu va alam alomatlari paydo boʻlib koʻzlaridan yosh oqa boshladi. Qanday qilib arab halqi bu qadar jirkanch vahshiylikka qoʻl urib shuhadolarning sayyidi va Allohning arsloni boʻlgan amakilar Hamza ibn Abul Muttalibning oʻlik jasadini manabu suratda tilka pora qilganlariga aqllari bovar qilmay qoldi.
Soʻngra muborak yoshlari bilan jiqqa hoʻl boʻlib ketgan koʻzlarini Hamza radiallohu anhuning jasadiga tikkan holda dedilar “Hech kim siz kabi holatga tushmagan, hech hachon mana bu kabi men uchun omon boʻlgan joyda turmaganman”. Keyin esa ashoblarga qarata dedilar “Agar Hamzaning singlisi Sofiya hafa boʻlaganlarida va Hamza mendan keyin keladiganlarga sunnat boʻlib qolmaganlarida uning jasadini junday holda dafn qilmay, hatto yirtqich hayvon va qushlar uchun qoldirgan boʻlardim. Bordiyu biror bir jangda Alloh meni Quraysh ustidan gʻolib qilsa ulardan 30 kishini musla (jasadni tilka pora qilish) qilaman”. Ashoblar ham: “Allohga qasam agar Alloh kunlarning birida bizni ularning ustidan gʻolib qilsa ularni shu qadar musla qilamizki hali biror arab uni koʻrmagan” deb hayqirdilar. Alloh taolo Hamza radiallohu anhuga shahidlikni inʼom etib uni birinchi bor mukarram etgan boʻlsa uning oʻlimini ham mukarram etib to adolatni himoya qiladigan hatto uqubat va qasos vaqtida ham rahm shavqatni vojib va farz qiluvchi buyuk dars uchun fursat qildi. Shunday qilib Rasullulloh sallallohu alayhi vasallam aytayotgan tahdid va qasamlarini tugatmay turib Alloh taolo mana bu oyati karimalarini nozil qildi: Mana shu oyatning huddi shu makonda nozil boʻlishi, ajr mukofoti Allohning zimmasida boʻlgan Hamza Rodiallohu anhu hurmatini yanada ziyoda boʻlishi uchun yorqin dalildir. Janob Paygʻambarimiz sallallhu alayhi vasallam Hamza rodiallhu anhuni juda qattiq sevar edilar. Yuqorida zikr qilganimizdek, Hmaza rodiallohu anhu Paygʻambarimizga faqat amaki boʻlibgina qolmay, balki emikdosh birodari, bolalikdagi tengquri va hamda butun umrlari davomidagi doʻstlari ham edi. Hamza rodiallohu anhu bilan vidolashish uchun biror soʻz topa olmay, Janob Rosululloh sallallahu alayhi vasallam unga jangda shahid ketgan musulmonlarning soni miqdorida yaʼni yetmish marta janoza namozi oʻqidilar.
Shunday qilib janoza oʻqiladigan joyga Hamza rodiallohu anhuning jasadi keltirilib, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam va barcha sahobiylar unga janoza oʻqidilar. U kishining jasadi joyida qolgan holda, yoniga ikkinchi shahidning jasadi keltirildi. Rosululloh va musulmonlar u ikkovlariga janoza oʻqidilar. Soʻngra yana Hamza rodiallohu anhuning jasadi joyida qolgan holda haligi ikkinchi shahidning jasadini olib ketib oʻrniga uchichi shahidning jasadi qoʻyildi. Shunday qilib, Rosululloh sallallahu alayhi vasallam sahhid ketidn shahid kelib Hamza rodiallohu anhuga ular bilan qayta-qayta janoza oʻqidilar. Mana shu kuni Janob Rosuli Akram sallallahu alayhi vasallam amakilari Hamza rodiallhu anhu uchun jami yetmish marta janoza oʻqidilar! Rosululloh sallallahu alayhi vasallam jangdan uylariga qaytib ketayotib yoʻlda Banu Abdil Ashal qabilasining ayollari, shahid ketgan erlari uchun yigʻlayotganlarini eshitdilar. Janobimiz amakilariga boʻlgan muhabbatlari cheksizligidan dedilar: “Ammo Hamzaning ortidan yigʻlaguvchisi yoʻq…” Bu soʻzlarni eshitgan Saʼd ibn Muoz Rosululloh sallallahu alayhi vasallam ayollarning amakilari Hamza rodiallohu anhu uchun yigʻlashlaridan hushnud boʻladilar deb gumon qilib tezlik bilan Banu Abdil Ashal qavmining ayollari yoniga borib, Hamza rodiallohu anhu uchun yigʻlashlarini buyurdi. Bas ular huddi shunday qildilar. Rosululloh sallallahu alayhi vasallam ularning yigʻilarini eshitishlari bilanoq yonlariga borib dedilar: “Men buni qasd qilmagan edim. Alloh sizlarni rahm qilsin uylaringizga qayting, bugungi kundan keyin yigʻi boʻlmaydi.” Qattiq iztirobda bolʼgna Paygʻambarimiz sallallahu alayhi vasallamni koʻngillarini olish uchun ashoblar Hamza rodiallohu anhu buyuk manoqiblarini ulugʻlab, u kishini maqtab marsiayalar yoza boshladilar. Hamza rodiallohu anhu muborak hotiralariga yanada hushboʻylik keltirgan narsa Rosululloh sallallahu alayhi vasallam u kishini jasadini tepasida turib aytgan mana bu soʻzlari edi: “Alloh seni rahmatiga olsin. Albatta sen men bilganday silai rahm va yahshilik qiluvchi inson eding.” Rosululloh sallallhu alayhi vasallamning amakilari Hamza rodiallohu anhu vafoti tufayli kechirayotgan musibatlari nihoyatda ogʻir edi. Shu sababli bu musibatga sabr qilib, tinchlanish ham oʻta qiyin kechdi. Ammo taqdir Janob Rosululloh sallallahu alayhi vasallam uchun juda goʻzal boʻlgan sabr va tinchlanishni zahira qilib qoʻygan edi. Paygʻambarimiz Uhuddan uylariga qaytib ketayotib, yoʻlda jangda otasidan, eridan va akasidan ajtalgan Banu Diynor qabilasidagi bir ayolning yonidan oʻtib qoldilar.
Oʻsha ayol jangdan qaytayotgan muslmonlarga koʻzi tushishi bilanoq ular tomonga yugurib kelib jang natijasi hususida soʻradi. Musulmonlar unga bu jangda otasidan akasidan va eridan ajralganini bildirdilar. U ayol esa his-hayajon va havotir bilan: “Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?” deb soʻradi. Musulmonlar: “Alhamdulillah, sen yahshi koʻrganingdek, u kishi sig‘ omonlar” dedilar. Oʻsha ayol: “Menga Rosululloh sallallahu alayhi vasallamni koʻrsatinglar” dedi. Musulmonlar Rosululloh sallallahu alayhi vasallam yetib kelgunlaricha ayolning yonida biroz toʻhtab turdilar. Ayol vaqtiki Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga burgach, u zotning yonlariga kelib dedi: “sizga yetadigan musibatdan boshqasi biz uchun u qadar ogʻir emas”. Ha, albatta… Darhaqiqat bu Rosululloh sallallahu alayhi vasallam uchun eng goʻzal taʼziya bildirish va u kishini hotirjam qilish edi. Ehtimol bu soʻzlarni eshitgan Janobimiz hushnud boʻlib tabassum qilgandiralr. Negaki bu yorug‘ dunyoda bu qadar doʻstlik va fidoyilik tengi yo‘ edi. Bir zaif, miskin ayol bir lahzada ham otasi ham eri ham akasini yoʻqotgan. Soʻngratogʻlarni larzaga keltiradigan bu habarni eshitgan ayol: “Rosululloh sallallahu alayhi vasallamga hech narsa qilmadimi?” deb tashvish havotir chekyapti!!! Taqdir mana bu urinishning suratini va vaqtini nihoyatda goʻzal qildiki, unda Janob Paygʻambarimiz sallallahu alayhi vasallam Allohning arsloni va shuhadolarning sayyidi boʻlgan amakilari Hamza ibn Abdul Muttalib uchun aytilgan taʼziyalarning ichida oʻzlarini tinchlantiradigan eng chiroyli taʼziya soʻzlarini eshitdilar.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!