Najoshiy va Uvays Qaraniylar sahobami yoki tobeinmi?
Javob: Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ala Rasulillah, ammo baʼd:
Uvays Qaraniy (اويس القرني) rahmatullohi alayhi tobeinlarning kiborlaridan, sayyidlaridan va peshqadamlaridan ekanida barcha ulamolar ittifoq qilishgan!
Najoshiyni ayrim olimlar sahobalar roʻyxatiga kiritgan boʻlsalar, Zahabiy: «Najoshiy bir tarafdan tobein, bir tarafdan sahobadir», degan [1].
Ibn Asir Jazariy: «Najoshiy Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni koʻrmagan va u zot bilan uchrashmagan ekan, uni sahobalar orasida sanamaslik toʻgʻriroq boʻlardi. Chunki uni sahobalar orasida zikr qilishning maʼnosi yoʻq. «Sahoba» atamasini unga nisbatan ishlatish uchun barcha shartlar topilmaydi», deb xulosa qiladi [2].
[1] «Siyaru aʼlomin nubalo», 1/428.
[2] «Usdul gʻoba» (1/62), «Jomeʼul usul fi ahodiysir Rasul» (12/956).
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!