Meni ajablantirgan ulug‘ sahoba

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin.
Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin.
Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning ushbu gaplaridan doim ajablanaman:
«Men yolgʻonchi-xiyonatkor emasman. Yolgʻonchi xiyonatkorlar meni alday olishmaydi».
Sayyidimiz Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning shaxsiyatlari meni doimo hayratlantiradi.
U zot roziyallohu anhu qattiqqoʻllik lozim boʻlgan oʻrinda qattiqqoʻl edilar. Hattoki insonlar «bu inson hech yumshamasa kerak», deb oʻylashar edi.
Yumshoqlik taqozo qilinadigan oʻrinda shunchalik yumshoq boʻlar edilarki, hatto kishilar «bu inson qattiqqoʻl emas», deb oʻylashar edi.
Umar roziyallohu anhu ishlarning tafsilotigacha eʼtiborli edilar. Kishilar «bu insonning nazaridan hech narsa chetda qolmaydi», deb oʻylashar edi.
Oʻrtadagi muhabbatni saqlash uchun baʼzi narsalarda oʻzlarini bilmaslikka solsalar kishilar «bu kishi eshitmaydi ham, koʻrmaydi ham», deyishar edi.
Hamma narsani oʻz joyiga qoʻyish hikmat hisoblanadi. Bu dohiylikdir. Kerak oʻrnida ehtiyotkorlik, kerak oʻrnida shafqat, kerak joyida qattiqqoʻllik...
Bu narsalardan birini boshqasining oʻrnida qoʻymoq halokat va zulmdir.
Xullas, tutgan oʻrning taqozosiga koʻra boʻlmogʻing, aqlni oʻz oʻrniga qoʻymogʻing, qalbni oʻz oʻrniga qoʻymogʻing, qamchini oʻz oʻrniga qoʻymogʻing hikmatdir.
Hech qachon «ha»ning oʻrniga «yoʻq» va aksincha «yoʻq»ning oʻrniga ham «ha» demagin. Nuqtaning oʻrniga vergul qoʻyma!
Agar eshikni sal ochib qoʻyish hikmat boʻlsa, uni oxirigacha yopma. Sodda emas, pishiq boʻlgin. Ehtiyotkor kishilar ehtiromga sazovordirlar. Soddalarni ezib tashlashadi.
Man qilishga qodir boʻlaturib saxiy boʻlgin. Insonlar koʻp oʻrinlarda birovdan foydalanishga usta boʻlishadi.
Mana shularning bari hikmat deyiladi doʻstim! Agar senga hikmat berilgan boʻlsa koʻp yaxshiliklar berilibdi!
Salomlar boʻlsin qalbingga!!!
Abdulqodir Polvonov tayyorladi

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!