✍️ Sherlar

Men ketaman

1.3K marta oʻqildi
Qancha sheʼrlar yozdim toʻlib toʻkilib,
Gʻam alamlar qopi ketdi soʻkilib.
Goʻzal orzularim osmonga ilib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.

Ayriliq kuyiga chunon oʻynadim,
Baxtsizlik kelsa ham baxtdan kuyladim.
Yurak istagingni hamon bilmadim
Men ketaman, hush qol sevgilim.

Chorlaydi yulduzlar kel deb yonimga,
Oymomo allasi huzur jonimga.
Hasta yuragimni tashlab poyingga
Men ketaman, hush qol sevgilim.

Kuyib ketsa yurak, oʻzgani suysang,
Pichirlab qulogʻiga sevaman desang
Roziman sevgimni qabrga koʻmsang
Men ketaman, hush qol sevgilim.

Farishta misoli koʻkni kezaman,
Qachondir eslaysan dildan sezaman.
Sogʻinsam dunyoni dod deb buzaman
Men ketaman, hush qol sevgilim.

Yuzlaring silayman shabboda boʻlib,
Yurak alamlarga qoldiku toʻlib.
Men shodon emasman, boryapman soʻlib,
Men ketaman, hush qol sevgilim.

Yonmay boshqa yuragimga muz tashla,
Yigʻlamayman, mayli dilimni gʻashla
Men roziman, oʻzgaga ishq bagʻishla,
Men ketaman, hush qol sevgilim.
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Sherlar

Uzur sizga yuragimni berolmayman

18-dekabr, 202318.4K
Sherlar

Yuragim

18-dekabr, 20231.2K
Sherlar

Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?

18-dekabr, 20233.4K
Sherlar

Deganlar ham ketdi

18-dekabr, 20231.1K
Sherlar

Qanday unutaman

18-dekabr, 20231.2K
Sherlar

Yoqmadikmi, katta koʻcha

18-dekabr, 20232.8K