Yuragim
Xech kimga yoʻq keragim.
Mendan boʻlsin koʻngling toʻq,
Yuragima, yuragim.
Xazonrezgi kuzdekmiz,
Qishdan qolgan izdekmiz,
Muzlardan ham muzdekmiz,
Yuragima, yuragim.
Oʻylab keladi vahmim,
Ogʻriqlarda qolsang jim,
Senga keladi rahmim,
Yuragima, yuragim.
Toshga aylanib ketding,
Na orzularga yetding,
Juda qiynalib ketding,
Yuragima, yuragim.
Bevafo yorni suyib,
Ishonib koʻngil qoʻyib,
Ado boʻldingku kuyib,
Yuragima, yuragim.
Biz boʻldik tortgan jabr,
Ikkimizga bir qabr,
Ungacha senga sabr,
Yuragima, yuragim.
Kundan kunga nuraysan,
Devorlardek qulaysan
Shundayam baxt tilaysan,
Yuragima, yuragim.
Xijrondan zor qahshaymiz,
Bilmam qancha yashaymiz
Qara shamga oʻxshaymiz,
Yuragima, yuragim.
Oʻzimiz olov yoqib,
Atrofga mungli boqib,
Eriymiz oqib-oqib
Yuragima, yuragim.
Oʻlim kelsa dafatan,
Sogʻinchlar boʻlsin kafan,
Qismatimiz shu ekan,
Yuragima, yuragim.
Toshga aylanib ketding,
Na orzularga yetding,
Juda qiynalib ketding,
Yuragima, yuragim.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!