✍️ Sherlar

Uzur sizga yuragimni berolmayman

18.4K marta oʻqildi
Men roziman koʻnglingizdan oʻchirsangiz
Bevafosiz rosti yoʻlga sololmayman
Yaxshi edi gina qilmay kechirsangiz
Uzur sizga yuragimni berolmayman

Charchamaysiz ichdan toʻqib yolgʻon aytib
Yorim debon magʻrur qaddim kerolmayman
Bir adashdim ishonmayman endi qaytib
Uzur sizga yuragimni berolmayman

Yosh emassiz oʻn sakkizga toʻlsangiz ham
Aybingiz koʻp yoningizda qololmayman
Shudir gapim mayli hafa boʻlsangiz ham
Uzur sizga yuragimni berolmayman

Oʻz oʻzimga barcha gunohim savobim
Soʻramayman rizoyingiz ololmayman
Eshitsangiz mana aytay rad javobim
Uzur sizga yuragimni berolmayman

Sevdim desam sevmay kulib ketgan siz siz
Endi men ham avvalgidek boʻlolmayman
Vafosi yoʻq jafosi koʻp yomon qiz siz
Uzur sizga yuragimni berolmayman

Koʻp adashdim bu sevgidan pandlar yeya
Oʻsha tanish raqamlarga terolmayman
Kechirganman bari oʻtib ketdi deya
Uzur sizga yuragim berolmayman

Kechgansizku bizdan oʻzga baxtga yeting
Dilim pora boʻlganda ham oʻlolmayman
Koʻp bezovta qilmang endi boʻldi keting
Uzur sizga yuragimni berolmayman

Nomaxramlar ortingizda kazo kazo
Mushtimdek bir boʻlagimni berolmayman
Soʻzdan qaytmas bitta gapli Sarvar Mirzo
Uzur sizga yuragimni berolmayman
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.
Sherlar

Men ketaman

18-dekabr, 20231.3K
Sherlar

Onamga oʻxshagan qizlar bormikan?

18-dekabr, 20233.4K
Sherlar

Yuragim

18-dekabr, 20231.2K
Sherlar

Yoqmadikmi, katta koʻcha

18-dekabr, 20232.8K
Sherlar

Deganlar ham ketdi

18-dekabr, 20231.1K
Sherlar

Yoʻqladingiz soxta doʻstlarim

18-dekabr, 20234K