📖 Hikoyalar

Ibratli vokea

2.8K marta oʻqildi
Ibratli vokea
Bir yigit yosh qizga uylanibdi. Urfga koʻra yigit doʻstlarini uyiga chaqirib mexmon qilmoqchi boʻladi. U bozordan soʻyilgan qoʻyni goʻshtini olib kelib, pishirib berishini kelinga buyuribdi. Kelin goʻsht pishirishni bilmasligini aytganda, yigitni achchigʻi chiqib, kelinni buyumlarini yigʻishtirib, menga mos emas ekan deb otasini uyisha yetalab boribdi. Otasiga: Qizingiz bir goʻshtni xam pishirishni bilmas ekan, pishirishni oʻrgatib qoʻyinglar, qachon oʻrganib boʻlgandan keyin olib ketaman, debdi.

Otasi: Mayli oʻgʻlim, ikki oyga qoldirib ketaqol, yahshilab oʻrgatib qoʻyamiz, debdi. Oradan ikki oy oʻtib kuyov bola kelinni olib ketgani keldi, qarasa ayoli xar xil taomlarni pishirishni oʻrganibdi, xursand boʻlib qizni olib ketmoqchi boʻlibdi, shunda qizni otasi bozordan tirik qoʻyni sotib olib kelib : Qani bolam, endi shu qoʻyni soʻyib bersang bir qizimiz ajoyib taomlardan pishirib bersa yeb, olib ketarsilar, debdi. Kuyov bola umrida qoʻy soʻymaganini aytibdi, shunda qaynotasi: Otanga borib ayt! Senga erkaklikni oʻrgatsin! Yahshilab qoʻy soʻyishni oʻrganib kelsang keyin qizimni olib ketasan, deb aytibdi.

Hulosa: Ayolingni qanchalik kamchiligi boʻlsa, uni oʻzing oshkora qilmay toʻgʻrilashga xarakat qil, avvalo oʻzingni xam qarab koʻr, loyiqmisan...?
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!