Ikki oʻt orasida.. (Voqea real xayotdan olingan)

Raxima telefon goʻshagini joyiga qoʻydi-da, boʻshashgancha divanga oʻtirib qoldi. Sal narida olti yashar oʻgʻli Adxam xayron boqib turar, na onasiga yaqin kelishni, na tashqariga chiqib ketishni bilmay arosatda edi.
— Demak, kelgani rost. — asabiy pichirladi Raxima. — Goʻshakdan odamlarning baqir-chaqirlari aniq eshitilib turibdi. U aeroportda. Uzogʻi bilan bir soatda etib keladi. Bilib qolsa-ya!?. Anvar akam bilan uchrashib yurganimdan habar topsa-ya!?. E, nima qilardi? Oʻzidan koʻrsin. Olti yildan beri dom-daraksiz edi. Men nima qilishim kerak? Kutishim kerakmidi? Bolam-chi? Uni bogʻchadan oladigan ellik ming soʻmga boqarmidim? Oʻzim-chi? Mendayam yurak bor, istak-hoxish bor. Yoʻq, qoʻlidan xech narsa kelmaydi. Uyga kiritsam xam jon desin.
— Oyi, nega hafasiz? — Raxima oʻgʻlining ovozini eshitib birdan boshini koʻtardi va shosha-pisha oʻrnidan turdi.
— Hafa emasman, bolajonim. — dedi Adxamning boshini silab. — Dadang kelayotgan ekan.
— Dadam?.. Qaysi dadam, oyi?
— Qaysi dadang boʻlardi? Oʻzingning dadang-da! Aytgandim-ku, uzoqqa ishlagani ketgan deb! Ana oʻsha Raxmatali dadang-da! Senga oʻyinchoqlar, daftar-kitoblar olib keladi.
— Ura, dadam kelayaptiykan, ura!.. — Bolakay beihtiyor koʻzlari chaqnab irgʻishlay ketdi.
— Oyi, oʻrtoqlarimgayam chiqib aytsam maylimi dadam kelayotganini?..
— Albatta, boraqol! Faqat uzoq qolib ketmagin-a! Dadang kelib seni qidirib qolmasin!
— Yoʻq, tezda qaytaman, oyi!..
* * *
Oʻgʻilchasi chiqib ketgach, Raxima yana telefonga yopishdi. Goʻshakdan tanish ovozni eshitgani xamono, salom-alikni xam yigʻishtirib qoʻyib, maqsadga oʻtdi.
— Anvar aka, endi uch-toʻrt kun uchrashmay turamiz shekilli. — dedi xiyla titrab.
— Nega?
— Erim… Kelyapti ekan?.. Xozir qoʻngʻiroq qildi.
— Nima qipti? Uni… Uni kiritasanmi uyingga?
— Nega kiritmay? Oʻzining uyi. Qolaversa, bolamning otasi. Xali ajrashmagan boʻlsak.
— Bekor qilasan. U olti yildan beri dom-daraksiz ketsin-da, sen xech narsa boʻlmaganday kutib olgin!
— Anvar aka… — Raxima picha ovozini koʻtardi. — Siz xam meni qiynamasangiz-chi! Kelsa nima boʻpti? Sizminan uchrashmayman deyotganim yoʻq-ku!..
— Shunaqa deysan-da!.. Lokigin… Hoʻp, qachon uchrashamiz? Shundan gapir, jonim!
Raxima extiyot shart tashqari eshikka bir nigox tashlab olib javob qildi:
— Oʻzim qoʻngʻiroq qilaman!
* * *
Eshik bezovta taqilladi. Raxima yuragi dukillagancha eshik roʻparasiga borib oʻrtadagi teshikchadan tashqariga boqdi. Xa, oʻsha! Podʼzdda boshiga kepka kiygan, uzun boʻyli, mallasoch Raxmatali turardi. Ancha ozibdi. Malla sochlariga oq oralabdi. Bu kepka ostidan chiqib turgan tutam-tutam sochlarga nazari tushgan odamga aniq koʻrinyapti.
Raxima eshik zulfiniga qoʻl yuborarkan, koʻz oʻngida yaqin oʻtmish gavdalanib, qoʻllarini qaytadan tortib oldi.
2000 yil. Yangi yil bayrami. Barcha qoʻshnilar uylarida qiy-chuv qilib yangi yilni kutib olishdi. Qadaxlarning jaranglashigacha ogʻiroyoq, erta-indin koʻzi yoriydigan Raximaning qulogʻiga chalindi. Uning yuragiga bayram sigʻarmidi. Tushdan keyin koʻchaga chiqib ketgancha, xamon qaytmagan eri Raxmatalini kutardi. Dasturhon ustida qoʻshnilar bergan ikkita patir, bir tovoqchada qand-qursdan boʻlak xech vaqo yoʻq. Yoʻq… Raxima egulik, sovgʻalar xaqida oʻylamayapti. Xech boʻlmasa shu kecha ichmay kelsaydi, janjal koʻtarmasaydi, deya umid qilardi…
“Yangi yil kutmasam bir joyim kamayib qolmaydi. — oʻylardi u. — Dadasi xushyor kelsa bas. Janjal qilmasa boʻldi…
Afsuski, umidlari puchga chiqdi. Soat tungi birlarga yaqin Raxmatali kirib keldi. Egnidagi kiyimlariga loy chaplangan, peshonasi, ikki yuzi tirnalgan, oyoqda zoʻrgʻa turardi.
Kirib keldi-da, xanuz divanda mungʻayibgina oʻtirgan Raximaning tepasiga keldi.
— X-xa, qanjiq! — oʻshqirdi u chayqalib. — Nega shu paytgachayam uhlamading? Yo oʻynashingni kutyapsanmi-a?
Raxima qoʻrqa-pisa oʻrnidan turdi-da, orqasi bilan yurib yotoqqa kirdi va beliga jun roʻmolini oʻrab, yana zalga qaytdi.
— G-gapir, megajin! — dasturhondagi konfetlardan birini ogʻziga solib oʻdagʻaylashda davom etdi Raxmatali. — Qani oʻynashing?
— Dadasi, nega unaqa deysiz? — yigʻi aralash tilga kirdi Raxima. — Qanaqa oʻynash? Ichvolsangiz, bas, boʻlar-boʻlmas gaplarni gapiraverasiz. Menda oʻynash nima qilsin? Oʻzim zoʻrgʻa yurgan boʻlsam…
— Xa-a, shunaqasan!.. Qoʻrqasan!.. Bilaman, oʻynashing bor!.. Manavi bolangam…
— Bolamga til tekkizma! — oʻzi sezmagan xolda erini senlab yubordi Raxima. — Xali tugʻilmagan norasidamga til tekkizma!..
— Boʻlmasa, ayt, kimdan boʻlgan!..
— Sendan boʻlgan, bildingmi, sen alkashdan boʻlgan!..
— Nima? Kim alkash? Xe onangni!.. Mana senga alkash deyish!..
Raxmatali hotinini qulochkashlab yubordi-yu, soʻkina-soʻkina koʻchaga chiqib ketdi…
Xa, oʻshanda yahshiki qoʻshnilar uhlashmagandi. Kaltak zarbidanmi, toʻlgʻoq boshlanib qoldi.
Qoʻshnilargina Raximaning koriga yarab, tugʻruqhonaga olib borib qoʻyishdi…
Raxmatali shundan soʻng qorasini koʻrsatmadi. Raxima bir xaftadan soʻng tugʻruqhonadan chiqayotib eshitib qoldi. U kimlargadir qoʻshilib, Rossiyaga ishlash uchun joʻnab ketganmish.
* * *
Eshik ochildi. Raximaning qarshisida yangi jinsi koʻylak-shim kiyib, boshiga qorakoʻl papaq qoʻndirib olgan Raxmatali turardi.
U bir muddat hotiniga tikilib turdi-da, erdagi buyumlar toʻla katta sumkani qoʻliga oldi.
— Kirsam boʻlar? — soʻradi u jiddiy oxangda.
«Jiddiylashib qoptimi? — hayolidan oʻtkazdi Raxima sekin eriga yoʻl boʻshatarkan. — Naxotki, ichishni tashlagan boʻlsa?..»
Raxmatali ichkariga kirib, honalarni birma-bir koʻzdan kechirdi. Soʻngra toshoyna yoniga qoʻyilgan Adxamning suratiga koʻzi tushib qoʻliga oldi.
— Oʻgʻlimmi? — soʻradi u Raximaga yaqin kelib. — Nega indamaysan? Shu mening oʻgʻlimmi?
— Yoʻq! — dedi Raxima teskari oʻgirilib. — Bu bola oʻynashdan boʻlgan!
— Qoʻysang-chi endi eski gaplarni qoʻzgʻayvermay!.. Oradan olti yil oʻtdi. Men xam oʻzgardim. Xa endi… Oʻshanda… Mastlikda gapirsam gapirgandirman… Boʻldi endi…
Raxmatali sekin hotinining elkasidan quchib oʻziga qaratdi va maxkam bagʻriga bosdi…
Raxima qarshilik qila olmadi.
Hayollari chalkashib ketgandi.
Faqat Anvar bilan kelgusi munosabatlari toʻgʻrisida qaygʻurardi.
* * *
Shu onda tashqari eshik ochilib, Adxam kirib keldi. Raxmatalini koʻrdi-yu, taqqa toʻhtab, boʻzraygancha onasiga qaradi.
— Voy, ana, dadang keldi, Adxamjon! — oʻgʻlini qoʻlidan etaklab Raxmatalining roʻparasiga olib keldi Raxima. — Koʻrishmaysanmi?
Bolakay Raximaning tizzasiga yopishgancha turaverdi. Raxmatali xam devorga suyanib olgancha bir muddat oʻgʻliga tikilib turgach, istar-istamas, unga yaqin bordi.
— Bu bola menga oʻhshamaydi-ku! — dedi bir qoʻlini Adxamning boshiga qoʻyib. — Senga oʻhsharkan. Lekin bir tukiyam menga oʻhshamayapti.
— Nima?.. Oʻynashdan orttiribmanmi boʻlmasa?.. — tutoqib ketdi Raxima. — Sizning bolangiz-ku ahir!
— Isbotla! — dedi Raxmatali istexzoli kulimsirab. Va lab burib uy ichlarini koʻzdan kechira boshladi. Ana shunda javon ichidagi Anvarning suratini koʻrib shosha-pisha qoʻliga oldi.
— Bu kim?..
Raxima tosh qotib qolgandi.
Xa, unutibdi. Suratni berkitish hayoliga kelmabdi. Endi nima qiladi? Nima deydi?..
Jonxolatda Adxamni bagʻriga bosdi-da, bir burchakka biqinib oldi.
— Xa-a, meni aldamoqchi, «loh» qilmoqchi boʻldingmi? Meni-ya? Vey, men-chi, erning tagida ilon qimirlasa bilaman. Qanjiq, nega jimsan? Kim bu deyapman?..
— Nima ishingiz bor? — birpaslik sukut, qoʻrquvlardan soʻng boshini koʻtardi Raxima. — Olti yildan beri qaerda edingiz? Biror marta hotinim bor, bolam boridi deb habar oldingizmi? E, tugʻruqhonaga borishga yaramay, qochvordingiz-ku!
— Sendan kim bu deb soʻrayapman, megajin! — baqirib taxdid bilan hotiniga yaqinlashdi Raxmatali. — Bola shundanmidi-a, shundanmidi?
— Bola sizdan, bildingizmi, sizdan!.. — Raxima xam boʻsh kelmay yigʻlab baqirdi. — Men suyuqoyoq emasman!
— Unda nega kimligini ayta olmayapsan?.. Xozir bir urib abjagʻingni chiqarib qoʻyaman! Ayt!
— Sizminan yashamayman! Yuragimdan chiqarib tashlaganman allaqachon sizni!.. Keting! Keting dedim!..
Raxmatali bu gapdan soʻng sal boʻshashgan koʻyi ortga tislandi.
— Ketib boʻpman! — dedi u Raximaga alam bilan tikilib. — Mana shu hunasaning kimligini aniqlamaguncha xech qaerga ketmayman!..
“Aniqlab boʻpsan? — koʻnglidan oʻtkazdi Raxima extiyotkorlik bilan Adxamni oshhona tomonga sudrab. — Senam ermiding?.. Baribir Anvar akamdan voz kechmayman!.. Ketmay qaerga borarding?..
Shularni oʻylashga oʻyladi-yu, baribir qalbining bir chetida Raxmataliga nisbatan mexrmi, achinishmi, uygʻongandek, bolasini qattiqroq bagʻriga bosdi.
* * *
Xa, bu ayol ikki oʻt orasida qolib ketgandi. Shaxar markaziy kasalhonasida jarroxlik qiluvchi Anvarni sevardi. Biroq farzandining otasiga xam befarq boʻla olmasdi. Ayniqsa, Adxam asta-sekinlik bilan boʻlsa-da Raxmataliga koʻnika borishi uning ich-etini kemirardi. Anvar bilan koʻrishdi deguncha xammasiga koʻz yumib uning taklifiga koʻnishni, nikoxdan oʻtishni ihtiyor eta boshlardi. Ammo uyga qaytgach, shirakayf Raxmatalining Adxamga qoʻshilib oʻynayotganiga koʻzi tushar va hayollari chalkashib ketardi.
— Meni bolam bilan birga uzoq-uzoqlarga olib keting, Anvar aka! — dedi kunlarning birida. — Aytgandingiz-ku, qishloqqa koʻchib ketamiz deb! Qiynalib ketyapman! Nima qilishni bilmay boshim qotgan.
— Hoʻp, — dedi Anvar ogʻir hoʻrsinib. — Qishloqqa ketamiz. Oʻsha erda ishimni davom ettiraveraman. Sizlar xam tinch boʻlasizlar. Katta toʻy qilamiz.
— Qachon? Qachon olib ketasiz?
— Yana bir xafta sabr qiling. Bu erdagi xujjat ishlarimni tugataman-u, shartta joʻnavoramiz. Aytgancha, eringiz-chi? U sizni ketishga qoʻyadimi, ahir?
— Nega qoʻymas ekan? Nega endi uni eringiz deysiz? Faqat… Adxamim bogʻlanib qolyapti holos unga. Ana shundan havotirdaman.
— Yahshi, tayyorgarligingizni koʻrib yuravering. Bir xaftadan keyin joʻnaymiz!.. Ketamiz…
* * *
Bu tun negadir Adxam Raximaning yonida uhlashni istamay, Raxmatali yotgan honaga chopqillab qoldi. Raxima battar vaximaga tushib, sekin eshik tirqishidan moʻraladi. Raxmatali kursiga bir shisha aroqni qoʻyib olgan, qoʻlida piyola toʻla aroq. Adxam esa uning atrofida turli oʻyinlar koʻrsatib qiyqirib kular, Raxmatali unga oʻychan termulib oʻtirardi.
Raximaning bardoshi etmadi. Shartta eshikni ochib ichkariga kirdi-da, Adxamga yopishdi.
— Bu erda nima qilyapsan? Yur, yotamiz, uhlaymiz!..
Raxmatali dast oʻrnidan turib Raximaning yoʻlini toʻsdi. Uning koʻzlaridan yosh oqib, yuzlari osha iyagiga oqib tushardi.
— Namuncha yuraging tosh boʻlmasa? — dedi u hirillab. — Kechirim soʻradim-ku! Nega bolaning hayolini buzasan?
— U uhlashi kerak. Yoʻlimni toʻsmang!
— Toʻsaman! To kelishib olmagunimizcha bu erdan chiqmaysan.
— Siz bilan kelishadigan xech narsa qolmagan. Bemalol Rossiyangizga ketaverishingiz mumkin.
— Bekorlarni aytibsan!
Raxmatali Adxamni koʻtarib olib yugurgancha zalga olib kirib ustidan eshikni yopdi va qaytib yotoqqa kirdi.
Bu orada Raxima xam koʻngli gʻash tortib honadan chiqib ketmoqchi boʻldi. Ulgurmadi. Raxmatali eshikni tambalab, yugurgancha keldi-da, uni dast koʻtarib karavotga yotqizdi.
— Qoʻyvor! — deya ingranib erining kuchli qoʻllaridan halos boʻlishga intilardi Raxima. Afsuski, kuchi etmasdi.
Raxmatali zarda bilan Raximaning koʻylagini echib pastga otdi va tomoqlaridan, yuz-koʻzlaridan oʻpa ketdi.
— Sen menikisan! — xirs bilan shivirlardi u. — Eringman!.. Sen qayoqdagi chuvrindilar emas, men uchun yaralgansan. Yahshisi, voz kech oʻsha iflosdan!
— Voz kechmayman! Qoch, sen menga nomaxramsan!
— Nomaxram? U-chi? Maxramingmi-a? Yo'-oʻq! Sening maxraming faqat menman!.. Qani, kelaqol! Nozlanishni bas qil, jonim!..
Kuchli qoʻllar ichkariga oraladi. Bu… Xarakat xar qanday ayolning xam jonini olgulik.
Xozirgina turli qarama-qarshi hayollar iskanjasida qolib, azoblanayotgan Raxima birdan boʻshashdi va oʻzi idrok etmagan xolda inon-ihtiyorini erining qoʻliga topshirdi.
* * *
Tong otdi. Raxima boʻshashgan koʻyi oʻrnidan turdi. Deraza ostidagi karavotda Adxam pishillab uhlar, Raxmatali esa teskari oʻgirilib olgancha sigaret tutatardi.
“Nimalar qilib yurgan ekanman? — Raxima eriga zimdan boqarkan, ruxan ezila boshladi. — Nega oʻshanda engiltaklik qildim? Erimni kuta olmadim? Nima boʻlgandayam koʻz ochib koʻrganim edi. Bolamning otasi edi. Endi Anvar akaga nima deyman? Nimaga uni ishontirdim?.. E, xaqiqatni aytaman. Tushunadi. Xayotimning qolganini tinchlik-hotirjamlikda oʻtkazishim shart. Bolamning shuncha vaqt otasiz yashagani etar. Ortiq mungʻayib qarashlariga toqatim etmaydi.
Raxima qaytadan oʻringa choʻzilib, Raxmatalining elkasiga boshini qoʻydi.
— Uygʻondingmi, jonim? — u sigaretni kuldonga qoʻyib ortga oʻgirildi va hotinini quchdi. — Yahshi uhladingmi?
— Xa, anchadan beri bunaqangi tiniqib uhlamagandim. Qarang, Adxamingiz xam uyqu orasida kulib qoʻyyapti. Dadasi kelganiga boʻlsa kerak.
Raxmatali bola yotgan karavot tomon qarab qoʻydi-da, jilmaydi.
— Turaylik, men nonushta tayyorlayman. — dedi Raxima erini turtkilab. — Xademay ishga borishim kerak.
— Ishga? Yana oʻsha kasalhonagami? — Raxmatali beihtiyor rangi oʻzgarib Raximaning iyagini changalladi. — Bormaysan. Endi oʻsha ishhonangga yaqin yoʻlamaysan?
— Voy, xaydab yuborishadi-ku! — kulib yubordi Raxima. — Unda nima qilaman?
— Xaydashsa xaydashaversin. Uyda — mening yonimda boʻlasan.
— Hoʻp, hoʻp. Siz aytgancha boʻla qolsin. Qani, turing!..
* * *
Raxima elib-yugurib nonushta tayyorladi. Ikkovlashib ancha paytgacha ovqatlanishdi. Ora-sirada Raxima eriga er ostidan boqar, xar tikilib qaraganda, yuragi xapriqib-xapriqib ketar, erining insofga kirganidan, eski odatlarini tashlaganidan astoydil umid qilardi.
Bir maxal yotoq eshigi ochilib ichkaridan Adxam qoʻlida qandaydir surat bilan chopib chiqdi va toʻgʻri Raximaning yoniga keldi.
— Voy, bolajonim, yahshi yotib turdingmi? — Raxima negadir rangi oʻchib oʻrnidan turib ketgan eriga-da eʼtibor bermay, Adxamning qoʻlidagi suratni tortib oldi. — Bu nimaykan?
Ne koʻz bilan koʻrsinki, suratda Raxmatali yoshamol, mallasoch bir ayolni quchib oʻtirar, ayolning qoʻlida chamasi bir yarim yashar atrofidagi qizaloq xam bor edi.
Raxima miyasi chayqalgan odam kabi oldiniga garangsib qoldi. Baribir darrov oʻzini qoʻlga olib Raxmatali tomon oʻgirildi.
— Bu… Bu kimlar?.. — soʻradi u uf tortgancha qoʻliga sigaret olib tutata boshlagan eridan. — Nega indamaysiz?.. K-kimlar?..
— Senga nima qizigʻi bor?.. — javob qildi Raxmatali biroz hotirjam tortib.
— Ie, nega qizigʻi boʻlmasin?.. Ayting!..
— Oʻzing tushunib olmadingmi?.. Oilam…
— Oilam?.. Q-qanaqasiga?.. Biz-chi?.. Biz kimmiz unda?..
— Boʻldi-da endi!.. — jerkib tashladi Raxmatali. — Men sendan surishtirayotganim yoʻq-ku!.. Xa endi… Bir marta shunaqa boʻlib qolgandi… Shungayam ota goʻri qozihonami?..
— Shunaqa deng?.. — Raxima kutilmaganda qoʻlidagi suratni Raxmatalining yuziga uloqtirdi. — Meni… Aldab, axmoq qilgan ekansan-da!.. Yoʻq, bunaqasi ketmaydi. Men…
U jaxl bilan yoʻlakka chiqdi-yu, Raxmatali koʻtarib kelgan katta sumkani olib kirib oyoqlari ostiga tashladi.
— Yoʻqol, koʻrnamak!.. Yoʻqol! Seni koʻrishga koʻzim yoʻq. Oʻsha mallalaringminan qapishib qolgin!..
— Sen notoʻgʻri ish qilyapsan. — deya uni tinchlantirmoqchi boʻldi Raxmatali. — Keyin oʻzing afsuslanib qolasan, nodon!
— Yoʻqo-o-ol, iflo-os! — baqirdi Raxima. — Mening uyimni bulgʻama!.. Yoʻqolsang-chi!..
Raxmatali lab burgancha bir-ikki elka qisib oldi-da, shosha-pisha kiyinib, sumkani elkasiga ildi.
— Men ogoxlantirdim… Buyogʻini oʻzing bilasan!..
U chiqib ketdi…
Raxima esa ancha vaqtgacha oʻgʻlini quchoqlab oʻtirib qoldi…
Keyin… Sapchib oʻrnidan turdi-da, koʻz yoshlarini arta-arta, Adxamni zaldagi divanga oʻtqazib, qoʻliga telefon goʻshagini oldi va kerakli raqamlarni terdi…
— Anvar aka, sizmisiz?.. Anvar aka, iltimos, bugunoq bizni qishloqqa olib keting!..

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!