📖 Hikoyalar

Armon (ayanchli hikoya)

2 daqiqa 4.2K marta oʻqildi
Armon (ayanchli hikoya)
Kichikligimda ota-onam oʻtib ketishgan. Akam menga xam ota, xam ona oʻrnida edi. Qiynalib-qiynalib meni odam qilgan, oʻzlari oʻqimagan boʻlsada, meni oʻqitgan. Ota-onam ukanga gʻamhoʻrlik qil deb u kishiga vasiyat qilganlari uchun ogʻir mexnat qilib boʻlsada meni xech nimaga zoriqtirmay katta qildilar. 28 yoshida uylandilar. Ikki farzandlik xam boʻlishdi. Akam meni juda yahshi koʻrardilar. Goxida yangam xazillashib: "Akangiz mendan xam koʻproq sizni yahshi koʻradi", derdi. Nima topsalar menga ilinardi. Meni uylantirish niyatlari bor edi. Xammasi oʻsha kunlardan boshlandi. Dastavval ancha toblari qochib bir-necha kun ishga chiqmadilar. Keyin bir kun xushidan ketdilar.

Shifohonaga obordik. Doktor koʻzimga boqib, tashvishli nigoxda bittagina soʻz aytdi: rak... Men umrimda bundan daxshatli soʻzni eshitgan emasman. Butun vujudim muzlab ketdi. Bir necha kun oʻzimga kelolmadim. Akam bu xaqda yangang bilmasin dedi. Doktorlar umid juda kam, deyarli davosi yoʻq deyishdi, 99 foizga. Bir foiz umid bor ekan-u deb Hudoga shukr qildim. Doktorlar agar operaciya qilinib ilik koʻchirib oʻtkazilsa, uni saqlab qolish mumkin deyishdi... Yangam bilib qolib, yigʻladi. Jiyanlarim xali yosh. Ular biz kabi otasiz oʻsmasligini Alloxdan soʻrardim. Akam ularga kerak edi. Suyak koʻchirib oʻtkazishsa faqat meniki unga mos kelishi mumkin.

Yagona muammo bu operaciya tufayli mening xayotimga xavf tugʻilishi mumkinligida edi. Men xali yoshman. Uylanmaganman. Akam uchun shunday qilishim kerak edi. Doktordan bu xaqda akamga aytmasligini soʻradim.. Operaciya kuni yaqinlashardi. Lekin hotirjam edim. Ahir jondan ortiq jigarim- akamni saqlab qolishim mumkin edi. Akamga donor topilganini aytishdi. Biroz sevindilar. Ohirgi oyda akam ancha qiynaldi. Ayniqsa bolalarini koʻrganida boshqacha ezilardi. Bildirmasada mendan bekitolmaydi. Bir vaqtlar meni och qolmasin, kiyimi but boʻlsin deb elib-yugurganida, kasal boʻlib qolganimda kechasi bilan boshimda bedor oʻtirib chiqqanlarida nigoxida shu qoʻrquv bor edi. "Akajon, siz xali yashaysiz! "Men bormanku". Nixoyat oʻsha tong otdi. Inshollox, bu tong akamga yangi xayot ato etadi.

Men... nasib qilgan boʻlsa yashayman! Shifohonaga kelsam doktor akamni palatasi yonida oʻychan turardi. Salomlashdim, operaciyaga tayyorligimni aytdim. U: "Endi operaciyaning foydasi yoʻq" dedi. -Akangiz olamdan oʻtdi, bandalik uka, bardam boʻling... Sovuq ter chiqib ketdi tanamdan. Oʻtirib qoldim. Doktor akamni kechagi bir kunlik dorisini ichmaganligini, yarim tunda joni uzilganini aytdi, qoʻlimga qogʻoz tutqazdi. Yigʻlab yubordim. Bor ovozim bilan yigʻladim. Koʻzimda yosh bilan akamning soʻnggi yozuvlarini oʻqidim: "Ukaginam, sendan roziman. Tugab boʻlgan odam uchun xayotingni xavf ostiga qoʻyishning keragi yoʻq. Yangang va jiyanlaring senga omonat.

Hudo yor boʻlsin!" Akam bilgan ekan.. Ex, akajon! Sizga bir martagina gʻamhoʻrlik qilmoqchiydim. Sizni qanchalik yahshi koʻrishimni isbotlamoqchiydim. Qarang akajon, baribir siz meni koʻproq yahshi koʻrarkansiz....
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!