OQ BOʻLISh JAZOSI!

OQ BOʻLISh JAZOSI!
(ibratli xikoya)
Bir keksa ayol oʻgʻli va kelini bilan bir xovlida yashar edi. Bir kuni oʻgʻil ishdan kelsa hotinning avzoyi buzuq. Buning sababini soʻragan edi, onasining ustidan shikoyat qilib, anchagina yomon gaplarni gapirdi. Oʻgʻil bunday soʻzlarni koʻp eshitgan boʻlsa-da, bu safar toqat qila olmadi. Biroq jaxli chiqqanini bildirmasdan onasiga "bir joyga borib kelamiz", deb aytdi. Ular togʻlik tomonlarga etib kelishganlarida oʻgʻil:
- Ey ona! Sabrim tugadi. Agar hotinimga qilayotgan muomalangizni oʻzgartirmasangiz, sizni shu togʻdan tashlab yuboraman! - dedi.
Bechora ona chorasiz qolganidan oʻgʻliga iltimos qildi:
- Mayli, oʻgʻlim. Oʻzing bilasan. Faqat ruhsat bersang, ikki rakat namoz oʻqib olsam, - dedi.
Oʻgʻil ruhsat berdi. Ona namozni oʻqib boʻlishi bilanoq er yorilib, oʻgʻilni boʻynigacha yutib yubordi. Bu xolni koʻrgan ona oʻzini yoʻqotib qoʻydi va bor ovozi bilan qichqirdi. Uning qichqirigʻini pastdan oʻtib ketayotganlar eshitib, bolani erdan chiqarib olish uchun darxol yordamga kelishdi. Lekin barcha urinishlari befoyda boʻldi. Ohiri ular bir olimni voqea joyiga chaqirib kelishdi. Olim xolatni koʻrgach, onaga:
- Bu oq boʻlishning jazosi. Siz toki oʻgʻlingizdan rozi boʻlmas ekansiz, xech kim oʻgʻlingizni qutqara olmaydi, - dedi.
Ona darxol qoʻllarini duoga ochib, oʻgʻlini bu azobdan qutqarishini soʻrab duo qildi va oʻz roziligini izxor qildi. Alloxning izni bilan er yumshab, oʻgʻil tashqariga chiqdi, ammo endi uning oyoq-qoʻllari ishlamas edi. Natijada u birovning yordamisiz xech narsa eya olmaydigan va icha olmaydigan boʻlib qoldi. Eng qizigʻi boshqalarning qoʻlidan tanovul qilsa qoniqmas, faqat onasi edirib-ichirib qoʻysagina qanoat qila olar edi. Shuncha nobakorligidan soʻng xam uning onasi xech ogʻrinmasdan, beminnat uning hizmatini qilar edi. Ayoli esa koʻp vaqt oʻtmasdan uni tashlab ketdi...
HULOSA: Bu rivoyat ibrat uchun yorqin misol boʻladi. Achinarlisi shundaki, hotinining yoʻliga kirib onasini togʻdan tashlab yubormasa xam, xar xolda qattiq ranjitadiganlar oramizda yoʻq emas. Xa, azizlar, ota va ona biz uchun koʻmilishga tayyor turgan hazina deganlar. Ularning xayot ekanligi bizni savob yigʻishimiz uchun gʻanimat damdir!

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!