📖 Hikoyalar

RAMAZON BAROKATI

2 daqiqa 2.9K marta oʻqildi
RAMAZON BAROKATI
RAMAZON BAROKATI

Ramazon roʻzasining xayratlantiruvchi jixatlari mudom meni tafakkurga boshlaydi. Aslida bu fazilatlarni koʻpchilik biladi, ammo men yana bir bor eslatishni maʼqul koʻrdim.

Roʻza roʻzador uchun nixoyatda zavqli, roxatbahsh ibodatdir. Roʻzador ruxiy xalovat ichida boʻladi. Chunki oʻzini yoʻqdan bor qilgan Allox azza va jaallaning buyrugʻiga itoat qilishning bahtiyorligini xis qiladi. Shuning uchun xam roʻza roʻzadorga roxat va xalovat bagʻishlaydi. Roʻzaning ortiqcha vazn va kasallikka doir parxezlardan muxim farqi borki, uni faqat va faqat xidoyatga musharraf boʻlganlargina tushunadilar. Roʻzador qalbidagi Alloxning roziligiga muvaffaq boʻlish istagi uni hushnud va masʼud qiladi.

Roʻzadorning ochlikni xis qilmasligi chindan xam qiziq. Xolsiz boʻladi, lanjlik xis qiladi, lekin ishtaxasi boʻlmaydi. Roʻzadorligimda, saxarlikka bir piyola suv ichib ogʻiz yopgan boʻlsam-da, ishtaxani qitiqlovchi is taratayotgan tamaddihonalar yonidan oʻtib ketayotib, ochlikni xis qilmasligimni oʻylab koʻp muloxazaga tolaman. Xolbuki, Ramazondan boshqa kunlarda qornim toʻq boʻlsa-da, nafsim mudom yahshi narsalar istagida boʻladi. Chunki ochlik miyadan keladigan buyruqqa bogʻliq va Ramazonda moʻminning miyasini iymoni boshqaradi, “Oʻzingni tut!” deya nafsiga xukm etadi.

Roʻza — mutloq ochlik emas. Roʻzadagi ochlik va tashnalik maʼlum vaqtlar uchun. Roʻzador saxar va iftorda tanovvul qilgan ozuqalardan oʻziga kerak boʻlgan protein va vitaminlarni qabul qiladi. Roʻzadorlarda kam ovqatlanish yuzaga kelmaydi. Kundalik faoliyatlarini shu yoʻnalishda davom ettira oladi. Inson organizmi faoliyatiga xech qanday salbiy taʼsir boʻlmaydi.

Roʻzadorligimizda moddalar almashinuvi davom etadi. Chetdan ozuqa kelmagani uchun tana oʻz moddalarini, toʻqima va xujayralarini va ayniqsa meʼyordan oshiqcha yogʻlarni sarflab, xazm jarayonini davom ettiradi. Ammo tana bu ishni toʻgʻridan toʻgʻri bajarmaydi. Avval kasal, qari va oʻlik xujayralarni yoʻqotadi. Bu esa vujudimizning yosharishi, yangilanishi va qon yangilanishiga sabab boʻladi. Shuning uchun xam Paygʻambarimiz sollalloxu alayxi vassalam “Roʻza tuting, sixxat topasiz” deya marxamat qilganlar.

Roʻzadorlikda miya zaxira moddalardan foydalanib bir maromda ishlashda davom etadi. Insonda aqliy qobiliyat etishmasligi kabi nuqsonlar kuzatilmaydi. Aksincha, kundalik stresslar kamaygani uchun fikrlash qobiliyati ortadi.

Roʻza vujudimizni ortiqcha va keraksiz moddalardan tozalaganidek, oʻzligimizni xam maʼnaviy zararlardan poklaydi, ruximizga qoʻngan dunyo gʻuborlarini aritadi.

Allox xar bir moʻmin va moʻminani Oʻzi farz qilgan Ramazon roʻzasini mukammal tutishga qodir qilsin! Ibodatlarda bizga quvvat va ragʻbat ato etsin! Gunoxlarimizni magʻfirat qilib, bir oylik musulmonlarni ikki dunyolik musulmonlarga aylantirsin! Amiyn!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!