📖 Hikoyalar

Otam Uyin Sogʻindim.!

1 daqiqa 2.3K marta oʻqildi
Otam Uyin Sogʻindim.!
Otam mening togʻimdir,Onam gulzorim,
Osmondagi Quyoshimu,Toʻlin oyginam.
Tunda issiq panohim,tongda jannatim,
Mehr toʻla Ota-Onam,uyin sogʻindim.

Qaytgim kelar oʻsha yosh,bola chogʻimga,
Gʻam-u hasratsiz oʻtgan,jannat bogʻimga.
Yana quchib erkalagan,dadam yoniga,
Qaytgim kelar tush boʻlsaydi,Otam uyiga.

Siz yoʻqsiz keng bagʻrim,xuvillab qoldi,
Yolgʻizligim yana meni,yolgʻiz qoldirdi.
Alamimdan ichib-chekib,dardga koʻmildim,
Qani meni tergab turar,Otam sogʻindim.

Koʻz yoshlari daryo boʻlgan,Opam netadi,
Uzoqlarda sarson yurgan,Akam kuyadi.
Bir boshida ming balolar.Onam koʻnmaydi,
Eslab-eslab oʻtirgan bir,oʻgliz yigʻlaydi.

Kuzataman koʻcha koʻyda,baxtli oilalar,
Ularga xavas bilan,koʻzim termular.
Farzandlarim kuni kelib,sizni soʻrashar,
Ularni quchib yana,koʻzim yoshlanar.

Mehringizga toʻyolmayin,qoldim moʻltirab,
Koʻzlarimda achchiq yoshla,keldim uy taraf.
Tushlarimga bolam kel deb,turardiz qarab,
Eshik oldida xech kim,siz yoʻqsiz Otam.

Xuvillagan uyimizga keldim Otajon,
Sizni qoʻmsab rasmingizni,quchdim Otajon.
Hovlimizda oʻsha ketmon,bolta arralar,
Hamma narsa eslatadi,sizni Otajon.

Siz ekkan daraxtlardan,nihol oʻnibdi,
Bahor chogʻi jannat uyiz,gulga toʻlibdi.
Onajonim boshginamga,omon boʻlsinlar,
Barchamizni duo qilib,mingga kirsinlar.

Mana keldim Otajon,sizni yonizga,
Oz boʻlsada oʻrgandim,duo qilishni.
Koʻrgan kechirganingiz savobga boʻlsin,
Otajonim joyingiz ilohim jannatda boʻlsin!

Yigʻlamayman koʻz yoshlarim,sizni ogʻritar.
Tunlarida yostigʻim namlanib ketar,
Yolgʻizman deb yoʻq boshqa,gapirmay deyman.
Netay taqdirim shundaymi,hamma tark etar.

Hayot oʻzi beshafqatdir,nolimayman xech,
Baxtlar kelib eshigimni,taqqillatmas xech.
Hudo menga atagani bordir,erta kech,
Oʻrganyapman Otajonim halol mehnatim.!

Sasha.B - Hayotiy Ijodidan..!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!