AYOL NEGA YIGʻLAYDI?

Bolakay onasidan soʻradi: "Nega yigʻlayapsiz?”— Chunki men — ayolman.— Men tushunmayapman!Onasi uni bagʻriga bosib dedi: "Buni sen hech qachon tushunmaysan”.Shunday bolakay otasidan soʻradi: "Nega oyim baʼzan sababsiz yigʻlaydi?”— Hamma ayollar baʼzi-baʼzida sababsiz yigʻlaydi, — deya oldi otasi.Bolakay oʻsib-ulgʻaydi, yigitga aylandi, ammo hamon ajablanardi: "Ayollar nega yigʻlarkinlar-a?”Nihoyat, u Xudodan soʻradi. Xudo shunday javob qildi:— Ayolni yaratganimda, uning mukammal boʻlishini istaganman. Unga butun dunyoni koʻtarish uchun shunday kuchli va bola boshini qoʻyishi uchun shunday nozik yelkalarni berdim. Tugʻruq va boshqa azoblarga chidashi uchun ruhini kuchli qildim. Boshqalar yiqilganda, oldinga yurishi, yiqilganlarni suyab turgʻazishi, hech shikoyatsiz yordam berishi uchun erk berdim. Bolalarni har qanday vaziyatda, hatto xafa qilganlarida ham yaxshi koʻrishi uchun unga mehr berdim. Barcha kamchiliklariga qaramay, erini qoʻllab-quvvatlashi uchun kuch berdim. Uning yuragini asrash uchun ayolni qovurgʻadan yasadim. Yaxshi er hech qachon xotiniga atay azob bermasligini tushunishi uchun aql berdim. Va nihoyat, unga koʻz yosh berdim. Qachon va qaerdaki kerak boʻlganda, toʻka olishi uchun. Sen ham ayolning goʻzalligi uning pardozi yoki kiyimlarida emas, yuragiga yoʻl ochadigan koʻzlarida ekanini tushunishing kerak.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!