Dugonalar. (Ibratli Voqea)

Bosh qahramonlarimizdan birining ismi Diyora ismli shoʻx shaddot qiz. Uning fel atvori shoʻx boʻlsa ham oʻzi juda yaxshi,oqkoʻngil, pokiza, oʻqimishli qiz edi. U bilan birga ishlaydigan Ziyoda ismli qiz bu ikkalasi bir biriga dugona edi. Diyoraning uyiga bir badavlat obroʻli honadondan sovchi keldi. Malum boʻlishicha sovchi joʻnatgan yigitDiyorani ishxonasida koʻrib yoqtirib qolgan ekan. Yigitning ismi Begzod ekan. Sovchilar kelishgach Diyoraning ota onasi ularga rozilik berishdi. Ular uchrashdilar bir birlariga maqul keldilar. Nihoyat toʻy kunini belgilash qoldi holos. Lekin toʻsatdan kuyov tomonning bir qarindoshi vafot etdi shu sababli toʻy biroz keyinroqqa surildi. Bu orada Begzod va Diyora tez tez uchrashib turishardi ularning oʻrtasida muhabbat paydo boʻldi. 1 oydan keyin toʻy edi. Bu hushxabarni eshitgan Diyoraning dugonasi Ziyoda shayton vasvasiga uchibmi yo alami kelibmi boʻlmagur fikrlarga kela boshladi. Oʻzicha ichida oʻyladi.: Nimaga Diyoraga badavlat xonadan sovchi kelarkanu manga kemasakan? Nima mani Diyoradan qayerim kam? Shoshmiy tur dugonajon koʻramiz qayoqqacha borarkansan. U shunday oʻyladida va Begzodni Diyoradan ajratishni rejasini tuza boshladi. Diyora rasmga tushishni yaxshi koʻrar edi. Ziyoda shu narsadan foydalanib uning rasmlarini kampyuter yordamida yarim yalangʻoch bexayo holatga keltirib oʻzgartirdi. Diyoraning telefonidan Begzodni raqamini topdida tel qilib dedi: Begzod qalesiz mani tanimisiz man Diyoraning ishxonasida birga ishlaydigan dugonasiman sizda juda zarur gapim bor biror joyda uchrashamiz. Ziyoda gʻarazli niyatini amalga oshirish uchun Begzod bilan uchrashdi. Begzod: Tinchlikmi Ziyodahon nima boʻldi. Ziyoda: Begzod siz uylanmoqchi boʻgan qiz u sizga noloyiq sizdey aqilli oʻqimishli badavlat yigitga munosib emas u. U buzuq qiz. Begzod jahl bilan: Oʻylab gapirvosmi tuxmat qimen asosiz bormi bunaqa diyishga? Shunda unga Diyoraning fotoshopda behayo qilib oʻzgartirilgan rasmlarini koʻrsatdi. Qarang bunga uni shunaqa suratlari bor hali bu holvasi oʻtgan yili bir boladan homilador boʻp qolib bolasini oldirib qizligini tiklab olgan. "Odnoklassniki” saytigayam kirib shu suratlarini joylashtirib gaplashib oʻtirardi. Man uni yaqindan taniyman. Aybini bekitish va sizzi boshizni aylantirib tegib olish niyatida siz bilan yuribti bahtsiz boʻp qomen diyman dedi. Begzod esa shu zahoti Diyoraga qoʻngʻiroq qilib soʻradi: Siz "Odnoklassniki” saytiga kirarmidiz? – Ha chet elga ketgan sinfdosh doʻstlarim bilan gaplashish uchun kirardim. Nimaydi? – Yoʻq oʻzim soʻradim. Begzod Ziyodani gaplariga chippa chin ishondi va rahmat sizga sal qosa bahtsiz boʻlardima. Begzod tel raqamini oʻzgartirib Diyoradan uzoqlashib ketti. Diyora esa hayron nega Begzodni tel raqami oʻchiq? Ziyodadan soʻradi: Dugonajon Begzod akamga tushunmiy qoldim bir necha kunlardan beri tel nomerlari oʻchiq tinchlikmikan? Ziyoda: Oʻrtoqjon sanga aytishga sal noqulayroq boʻp turgandi. Begzodni bir doʻsti ishxonaga san yoʻqliginda kelgandi. Begzod narkoman bola ekan. Yaqinda davolanib chiqibti. Doʻsti manga hammasini aytib berdi. San aldanib qolma unga u yaxshi yigit emas ekan. Diyora ham dugonasini gapiga chippa chin ishonib qoʻydi.Diyora ham Begzod ham juda tushkunlikka tushib qolishdi boʻlgan voqeani ota onasiga aytishga jazm qilishmadi. Oradan bir kun oʻtib Begzodning chet elga kelgan bir doʻsti qaytib keldi. Begzod bilan uchrashdi. Doʻsti soʻradi: Tinchlikmi doʻstim xomushsan toʻy qachon? – Qanaqa toʻy man uylanmoqchi bugan qiz behayo buzuq boʻp chiqdi ota onamga hali aytmadim lekin aytaman toʻyni toʻxtatamiz. Doʻsti: Yogʻey rostanmi? Tovba kim edi u qiz ismi Diyora deganmiding qani rasmi boʻlsa bir koʻraychi. Begzod unga rasmini koʻrsatti. Doʻsti: Voy doʻstim ahir bu mani sinfdoshimni singlisiku tasodifni qara. U unaqa qiz emasdi boʻlishi mumkin emas. Man bu qizni bolaligidan taniyman qanaqasiga bu yerda boshqa gap bor. Doʻsti kampyuterda rasmni analiz qilib koʻrdi malum boʻldiki surat soxta ekan. Doʻstim Begzod bu surat yuz foiz soxtalashtirilgan man aniq bilaman doʻstim bilmasdan gapirmiyman oʻzing ham koʻrdinku. Diyora odnoklassnikka kirardi togʻri lekin hech qanaqa rasm qoʻymagandi. Faqat chet elda ishliydigan sinfdoshlari bilan gaplashishga kirardi. Begzod Diyoraga tel qildida Begzod doʻsti va Diyora ular uchrashishdi. Begzodning doʻsti Diyoraga hammasini chuntirishdi. Diyora : Sizga Ziyoda berdimi shu rasmni? Undan kutamagandin. Menga ham sizni narkoman ekan degandi.Ular ham hammasini Ziyoda uyushtirgan deb oʻylashdi. Shu payt Ziyodani onasi Diyoraga tel qildi va dedi: Qizim tezda 16 – kasalxonaga yetib kel dugonang Ziyodani mashina urib ketibdi hozir ahvoli sal yaxshilandi san va Begzodni soʻrayapti sizlarda gapi bor ekan. Ular yetib borishdi va Ziyoda yotgan honaga kirishdi. Ziyoda esa bor haqiqatni aytdi qilgan tuxmatlarini tan oldi. Lekin Ziyoda qilmishiga yarasha bir umrlik jazo olgandi. U endi yurolmas ekan bir umr nogiron boʻlib qoldi. Begzod va Diyora esa bahtga yetishishdi. Azizlar nomusli qizga buzuqsan deb tuxmat qilish bu katta gunox ekan kechirilishi qiyin boʻlgan gunox ekan. Hulosa shuki doʻst yoki dugona tanlashda adashmaylik.Tuxmatlardan kulfatlardan oʻzi asrasin.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!