Yoʻldagi hangoma

Mamarayim bobo «Quvnoq qishloq – Toshkent» yoʻnalishida qatnovchi avtobusda poytaxtga kirib keldi.
– Voy-vo‘-o‘-o‘, buncha baland boʻlmasa bu imoratlar. Shahar ancha oʻzgarib ketibdi-ku! Oʻziyam bu yoqlarga kelmaganimga ming yil boʻldi-yov.
Boboy derazadan shaharni kuzatar ekan, tobora hayrati oshib borardi. Avtobus asta t oʻxtadi.
– Yetib keldik!
Shirin xayollar ogʻushida shaharni tomosha qilayotgan Mamarayim bobo haydovchining hayqirigʻidan oʻziga keldi.
– Mana, oʻgʻlimning uyiga ham keldim hisob. Endi, bu manzilni topishim kerak.
Bir parcha qogʻozni gʻijimlagan bobo shahar ichida qatnovchi transportlar toʻxtaydigan bekat tomon yurib kela boshladi. Yoʻnalishli taksilar toʻxtaydigan yerda bir yigit qoʻlini koʻksiga qoʻyganicha boboni qarshiladi:
– Iya-iya, keling otaxon. Yoʻlingiz Sergeli tomonga emasmi? Ichkarida joy bor, chiqing, – dedi u eshigi ochiq turgan marshrutkaga imo qilib.
– Shu desang, bolam, shaharga kelmaganimga ancha zamonlar boʻlib ketdi. Oʻgʻlimnikiga kelayotgandim. Manavi manzilga borishim kerak.
Yigit qogʻozdagi yozuvga qarab yuzini burishtirdi.
– Hm-m-m, menimcha, otaxon, bu yerga metro bilan borsa qulay.
– Metro degin. Bu alomat narsaga yangi ochilgan payti chiqib koʻrgan edim. Unga qanaqa qilib borsam boʻladi?
– Mana biz olib borib tashlaymiz-da, otaxon! Salonga chiqing. Bir- ikkita odam olaylik, joʻnaymiz.
Oradan yarim soat oʻtdi. Mamarayim bobo chiqqan payti ancha xoli boʻlgan marshrut odamga toʻlib ketdi.
– Hoy oʻgʻlim, yurmaysanmi, odam toʻlib ketdi-ku?! – dedi otaxon derazadan boshini chiqarib.
– Hozir, boboy, yana bitta odam olvolay.
Nihoyat marshrutka toshbaqa yurish qilib, chayqala-chayqala oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Endigina ikki bekat yurishgan ham ediki, mashina yoʻl chetida toʻxtab, haydovchi Mamarayim boboga baqirdi:
– Otaxon, shoʻtta tushasiz. Hoʻv ana metro.
– Oʻsha bekatdan turib tosh uloqtirsam ham sen yurgan yoʻldan koʻproq masofa oʻtardim! Qanaqa odamsan oʻzi? Bekatda sening aravang yurishini kutib oʻtirmay yoʻlga chiqqanida, chumoli ham sendan tez etib kelgan boʻlardi.
– Ja-a-a oshirib yubordingiz-ku, otaxon… Boʻldi, tushing!
– Ha, boʻldi, boʻlar ish boʻldi, mayli. Omin, topgan-tutganingga xudo baraka bersin. Ollohu akbar…
– Duo yaxshi narsa otaxon. Lekin, yoʻl kirani toʻlab qoʻying.
– Shu ikki qarich joygayam pul olmoqchimisan?!
– Ha endi… Plan degan narsalar bor-da, otam!..
Haqini toʻlamasa eshikni ochadigan siyogʻi yoʻqligini koʻrgan otaxon noiloj choʻntak kovladi.
– Mana, ol.
– Iya, boboy, bu kam-ku! Ana peshonangiz tagiga «300 soʻm» deb yozib qoʻyilgan. Qoida hammaga bir xil.
– Juda bez yigit ekansan. Ushla, bugun oʻzi yomon tush koʻrganim uchun gadoyga xayr qilmoqchi edim…
Marshrutkaning eshigini qarsillatib yopgan bobo metroga yoʻl oldi. Uning koʻzi katta harf bilan yozilgan «M» belgisiga tushdi. «Bu deyman, «M» degani «Mamarayim uchun» degan maʼnoni bersa kerak, – oʻzicha koʻnglini koʻtardi bobo. – Yo boʻlmasa, boshqacharoq narsani bildiradigan belgi boʻlishi ham mumkin. Bu harfni yana qaerdadir koʻrgandekman…» Metroga kirish joyiga yetib kelgach, otaxonning oldiga yashil forma kiygan, kulib turadigan yosh qiz keldi:
– Yordam kerak emasmi?
– Rosa paytida uchrading, qizim. Manavi manzilga borishim kerak edi.
Qiz qogʻozni olib koʻz yugurtirdi.
– Eshitmagan ekanman, uzr, otaxon.
– Endi nima qilsam boʻladi?
– Metro ichiga tushib, yoʻlovchilardan soʻrasangiz aytib berishadi. Shaharning deyarli hamma manziliga metroda borsa boʻladi.
– Rahmat, qizim.
Mamarayim bobo asta-sekin metroning ichkarisiga yoʻnaldi.
Poezddan tushgan odamlarning hammasi qayoqqadir shoshilar, birov bilan birovning ishi yoʻq edi. Mamarayim bobo bir oz taraddudlanib turdi-da, tez-tez yurib ketayotgan bir bolani toʻxtatdi.
– Oʻgʻlim, menga bir narsani aytib berolmaysizmi?!
Yigit otaxonga bir qaradi-da:
– Ya uzbekskiy ne ponimayu, – deb yoʻlida davom etdi.
«Ne ponimayu» emish, oʻzimizni Salim sariqning shaharda oʻqiydigan katta oʻgʻliga oʻxshaydi-ku! Yana oʻzini dovdirlikka soladi,– oʻyladi Mamarayim bobo.– Bu yerda hamma uyiga oʻt ketgandek hovliqib yuribdi. Ulardan soʻragan bilan foyda chiqmaydi. Yaxshisi, manavi gʻirra-gʻirra kelib-ketib turgan poezdlardan biriga chiqay-chi, zora ichidagi odamlardan birovi bu qurib ketgur manzilni bilsa…»
Bobo oʻyini oxiriga etkazmasdan «Gʻuv» etib bir poezd kelib toʻxtadi. Otaxon ichkariga kirishi bilan eshik zarb bilan yopildi. «Bu shaharning odamlari juda hovliqma ekan, desam, poezdiyam shoshqaloq chiqib qoldi-ku», degan oʻy kechdi Mamarayim boboning xayolidan. Poezd ichida ham qoʻlidagi qogʻozni bir nechta odamga koʻrsatdi. Lekin bu yerda ham tayinli javob ololmadi. Tez ketayotgan poezdning gʻuvillashida ayrimlar boboning gapiga tushunmasa, ayrimlar esa yelka qisib qoʻyishar edi. Shu asnoda poezd oxirgi bekatga borib toʻxtadi. Otaxon hafsalasi pir boʻlib metrodan tashqariga – koʻchaga chiqdi. Metroning toneli ogʻzidan chiqaverishdagi bekatda boboning taʼbiri bilan aytganda, «shoxli avtobus» – trolleybus toʻxtab turar edi. Mamarayim bobo unga chiqib, haydovchining yoniga bordi.
– Bolam, oʻzing yordam bermasang boʻlmaydi. Ertalabdan buyon sarsonman. Manavi manzilga borishim kerak. Oʻgʻlimning uyiga…
Haydovchi koʻpdan sarson boʻlgani avzoyidan bilinayotgan otaxonga bir oz achinish bilan qarab, qogʻozga koʻz yugurtirdi.
– E-ha, bu yerni bilaman bobo.
– Rostdanmi? Qanday qilib boraman, tezroq gapir-chi, oʻgʻlim.
– Lekin bir oz uzoqroq. Hozir men sizni tramvay yoʻliga tashlab qoʻyaman. Unga chiqib, toʻrt bekat yurasiz, keyin tushasiz. Oʻsha yerdan avtobusga chiqsangiz, oxiriga borib, ana shu manzil yozilgan joyga yaqin bekatda toʻxtaydi. Oʻsha yerda tushib yoʻlovchilardan soʻrasangiz, aytib berishadi. Mana bu siz chiqadigan tramvay bilan avtobusning raqami.
Haydovchi bir parcha qogʻoz yozib uzatdi.
– Ha, aytgandek, otaxon bu oʻgʻlingizning uyida telefoni yoʻqmi deyman?
– Bor edi. Hamma ayb kampirimda: telefon noʻmirini yozib ber desam, «xoʻp» dedi-yu, esidan chiqdi. Men ham xayol bilan boʻlib chiqib kelaveribman. Hammasi kampirni deb…
boboy
– Asabiylashmang, otaxon, shaharni tomosha qilib yuribsiz-da!
– E, tomoshasiga ham oʻt tushsin.
Mamarayim bobo bu transportga ham yoʻl haqini toʻlagach, haydovchi aytgan joyda tushib qoldi. Tramvay deganlari ham tez kela qolmadi. Izi boru, oʻzi yoʻq. Boboning xunobi oshib, «darbadar» yurishiga sababchi boʻlgan kampirini endigina soʻkmoqchi boʻlib turgan paytda nihoyat qoʻngʻirogʻini jiringlatib tramvay koʻrindi.
Otaxon toʻrt bekat yurgach, endi avtobus kuta boshladi. «Yana shu ahvolda biror soat yursam, qorongʻu tushadi. Oʻgʻlimning uyini topolmay, «Quvnoq qishloq»qa qaytib ketmasam boʻlgani, ishqilib». Trolleybus haydovchisining gapini eslab, yana jahli chiqdi. «Shahar aylanib yuribsiz-da!» emish, nos cheksam aylanmaydigan boshim shu yerga kelib aylandi, oʻzi…»
Avtobus ham otaxonning jahli chiqqanligini sezdimi yoki boshqa sababmi, har holda tezda kelaqoldi…
Mamarayim bobo aytilgan joyda avtobusdan tushganda ne koʻz bilan koʻrsinki, shaharga kirib kelgan paytida avtobus toʻxtagan avtoshohbekat!
«Voy, padarlaʼnat, yana adashdimmi-a!? Aylanib-aylanib yana shu yerga kelibman-ku!» Bobo oʻgʻlining uyini topishdan umidini deyarli uzdi. Shunday boʻlsa-da yonida toʻxtab turgan taksi ichidagi shofyorga qogʻozni uzatib, soʻradi: Mana shu manzilning qayoqda ekanligini bilasanmi, baraka topgur?!
– Bunimi?.. Ha bilaman, albatta bilaman. Oʻtiring, olib borib qoʻyaman.
– Yoʻg‘-e, adashmayapsanmi?
– Nega endi, «Abdulbosidov koʻchasi, 84-uy». Hozir oʻtirsangiz, oʻsha yerga olib borib qoʻyaman.
Mamarayim bobo suyunib taksiga oʻtirdi. Shahd bilan qoʻzgʻalgan mashina oradan ikki daqiqa oʻtmasdan bir koʻchaning ichida toʻxtadi.
– Mana otaxon, Hasan Abdulbosidov koʻchasi, mana bu 84-uy.
– Baraka top oʻgʻlim, yasha! Qancha boʻladi?
– Ming soʻm beravering.
– Hech qancha yurmading… – otaxon shunday deb endi gap boshlamoqchi boʻldi-yu, marshrutkachi bilan boʻlgan ertalabki voqeani eslab indamadi. Aytganini shofyorga uzatgan Mamarayim bobo puliga achinsa ham, «rahmat» deb tushib qoldi. «Eh, ahmoq chol, oʻgʻlim aytgan edi-ya: «Qishloqdan kelgach, taksichilarga manzilni koʻrsatsangiz bir zumda oborib qoʻyadi», deb. Men boʻlsam… Yoʻlovchi transportda arzonroq etib olaman» deb oʻylabman. Attang…»
Mamarayim bobo afsus bilan bosh chayqab, eshik qoʻngʻirogʻini bosdi.
– Iya, dadajon, oʻzingizmisiz? Men kech boʻlib qolganiga bugun kelmasangiz kerak, deb oʻylabman.
– Yoʻlda bir oz ushlanib qoldim-da, oʻgʻlim.
Oʻgʻil otasini ichkariga boshladi.
– Uyimiz shohbekatning yonidagi koʻchada. Har qanday mashina koʻz ochib yumguningizcha olib kelib qoʻyadi. Nega yoʻlda ushlanib qoldingiz, hayronman, – dedi boboning oʻgʻli bir piyola choy ustida. – Rosa charchagandirsiz-a, dadajon?! Ha mayli, bugun yotib damingizni olsangiz, ertaga shaharni aylantirgani olib chiqib, charchogʻingizni yozib yuboraman!
– Nima???
------------------------------------------------
IDROK, 2004.

Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!