📖 Hikoyalar

"Chandiq detektiv - Sarguzasht

1 daqiqa 6.8K marta oʻqildi
"Chandiq detektiv - Sarguzasht
Barzangi bola bechorani xona chetidagi suv toʻla xum yoniga sudradi.Sochida tutib kallasini suvga tiqib azoblardi.Bola bechora baqirmoqchi boʻlar,kimlarnidir yordamga chaqirardi.Lekin natija boʻlmasdi.Chamasi 16yoshlardagi bu bola hushidan ketdi.Soʻng barzangi uni yogʻoch kravotga yotqizib,kamerga besoʻnaqay jilmaydi.Soʻng oqxalat kiygan kishilar kelib hushsiz asirni qornini yorib,ichki aʼzolarni olib avaylab qutilarga joylashdi.Sodiq bu holatni,oʻzi tanigan bu yigitchani burdalanganligi koʻrib hushini yoʻqotayozdi. -Xoʻsh,menga oʻgʻil boʻlasanmi-Akramni savoli xayolini boʻldi. -Boshqa ilojim bordek soʻraysiz-nafrat bilan tikildi Sodiq. -Tez faxmlaganingdan xursandman.Endi sen Bakir Asadov Akrmovich,yani meni oʻgʻlimsan.Hozir seni qiyofangni oʻzgartiramiz va 2soatdan soʻng Moskvaga uchamiz."Demak,bular kimnidir oʻgʻrilashini bilib,oldindan harakatni boshlashgan"oʻyladi Sodiq. Oʻsha zahoti 2rus qiz kelib Sodiqni qiyofasini oʻzgartirishdi.Moviy koʻzlar,malla sochlar,qoshlar qora tusga kirdi.Ilgari Sodiqni yaxshi bilga odam hozir uni koʻrsa umuman bu oʻshaligiga ishonmasdi.Xullas ular yoʻlga otlanishdi.Sodiq ilk bora samolyotga chiqdi.Qachonlardir Bobir bilan shaxsiy samolyoti boʻlishini orzu qilishganini esladi.Endi doʻstini koʻrishdan umidini uzib,koʻzlarini yumdi.Koʻzlaridan koʻzyoshlar quyilib yuzlaridan dumalardi. Oradan kunlar oʻtdi.Sodiqni yoʻqolganligi haqidagi xabarni televizor orqali koʻrgan Bobir tushkunlik girdobiga tushdi.Uni hatto mexribon onasi ham ovutolmadi. Sodiqni esa Moskvaga kelganiga 14kun boʻldi.Unga koʻrsatilayotgan iltifot tagida nima borligi,organizmlari sotish uchun burdalangan bola haqidagi oʻylar uni qiynardi.Bu yerda uni hamma Bakir deb atashardi.U kun boʻyi oʻzini hashamatli xonasida chiqmas edi.Gohida Akram Bakir bilan suhbatlashar,unga yaxshi taassurot qoldirishga urinardi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!