📖 Hikoyalar

“Aytilmagan dil izhori”

4 daqiqa 3.1K marta oʻqildi
“Aytilmagan dil izhori”
Ismim Nodira oilaliman. 3 og ‘il farzandim bor. Erim g ‘amxoʻr, qaynonamdan alohida yashaymiz. Tashqaridan qaraganda juda baxtliman. Lekin, armonim bor, ilk muhabbatimga sevishimni ayta olmaganman…

Dadamning aytishlariga qaraganda, oyijonim meni dunyoga keltirib olamdan oʻtgan ekanlar.

Akam va meni tarbiyam uchun oyimning vafotlaridan bir yil oʻtib dadam uylanibdilar-u lekin, oʻgay onam bizga yaxshi qaramaganliklari uchun ajrashibdilar. Dadam sal vaqt oʻtib, bir bolasi va eri avtahalokatga uchrab, faqat oʻzi tirik qolgan Maxliyo degan ayolni enagalikka ishga yollabdilar.

Dadam yaxshi bir lavozimda ishlaydilar. Hayotda ogʻir,bosiq insonlar.

Men ulgʻaydim. Dadam va Mahliyo xolam menga onam oʻrnini bildirmaslikka harakat qilishdi.

Dadamning haydovchisi boʻlardi, ismlari Bobur aka. Oʻgʻillari men bilan teng, ismi Nurbek edi. Biz bir sinfga borardik, Bobur aka bizni maktabga birga olib borib, birga olib qaytardilar.

Nurbek menga juda mehribon edi. Ulgʻaydik. Chiroyli boʻlganligim uchun oshiqlarim koʻp edi. Lekin, Nurbek meni ximoya qilardi. Nurbekga nisbatan qalbimda nimadir his qilardim… U ham menga befarq emasdi-yu lekin, aytmasdi. Kunlar shu zaylda oʻtardi. Litseyni bitirib oliy oʻquvga tayyorlanardim. Bir kuni dadam va men televizorda "Telba” filmini koʻrib oʻtirgandik. Hayolimga kelgan fikrdan quvonib ketdim. Kinoni koʻrib boʻlganimizdan soʻng:

–Dadajon kino yoqdimi? – deb soʻradim.

–Yoqdi qizim – deb javob qaytardilar.

–Robiya gʻalati qiz ekan, kelib-kelib xonimchini yaxshi koʻradimi? – dedim.

–Ex, qizim-a hali yoshsanda. Odam qanaqa kasb egasi boʻlishidan qatʼiy nazar, buyuk qalb sohibi boʻlsin. Odam sevgani bilan boʻlsagina baxtli boʻladi. Boylik oʻtkinchi – dedilar.

–Demak, sizga boylik yoki kambagʻalikni axamiyati yoʻq ekanda?

Mendagi oʻzgarishdan dadam sirli kuldilar. Uyalib ketganimdan baxona qilib, oshxonaga oʻtib ketdim.

Qanchalar baxtliman, dadam qarshi boʻlmaydilar… Lekin, Nurbek menga bir bora ham sevaman demagan. Men qanday aytaman… Ha topdim, sal bildiraman; bugungi dadam bilann boʻlgan voqeani aytib beraman…

Ertangi kun oʻqishga borganimizda Nurbekga aytdim. Lekin, uning gapi hayratga soldi:

–Dadang yaxshi hayotni koʻrgan odamda… Domla bergan masalani yechdingmi?

Shunday desada, lekin gʻamxoʻr edi. Sevishini bilardim. Uni dil izhorini kutardim.

Oliy oʻquv yurtiga hujjat topshirar vaqtimiz Nurbek topshirmadi. Oilasida uch singlisi boʻlganligi uchun:

–Dadamni ishlagani nima boʻladi, men Rossiyaga borib ishlab kelaman, keyin oʻqishga kiraman, dedi.

Kutasanmi? Qoʻngʻiroq qilasan-a?

Yuragim hapqirib ketdi:

–Ha kutaman, dedim.

U ketdi… Men oʻqishga kirdim. Uni kutdim. Uch yilga ketgandi. Menga sovchilar kelib charchamasdi. Lekin, men hammasini rad etardim. Oʻqishimizda bir olifta Zohid degan bola bor edi:

–Nodira, iltimos meni rad etma, boylging kerak emas, seni sevaman…

–Tinch qoʻying, meni yigitim bor, derdim har safar.

U boʻlsa:

–Aldama, ikki yildan beri ortingdan yuraman, boʻldi yetar, seni baribir oʻzimniki qilaman…

Shunday vaqtda Nurbekning yoʻqligi bilinardi. Kelishiga yana bir yil qolgandi. Ikki yil ichida telefonda gaplashib turardik, uyiga pul joʻnatardi.

Bir safar tel qilganida, u yerda uylanganini, baxtli ekanligini aytib, suyunchi oldi.

Nahot sevganimni sezmagan boʻlsa, rosa alam qildi…

Afsus, bu oxirgi gaplashishimiz ekan… Jaxl ustida ortimdan yurgan Zohid bilan kechki ovqatni birga yeyish uchun rozlik berib yubordim.

Keyin, afsuslandim-u lekin, kech edi…

Dadam ish bilan safarga ketgandilar, akam boshqa viloyatda oʻqirdi.

Dugonamnikiga boraman deb, Maxliyo xolamni aldadim.

Zohid bilan kechki ovqtani yedik. Keyin, mashinasida uyimga kuzatib qoʻymoqchi edi, telefoni jiringlab qoldi:

–Alo, ha eshitaman?

– …

–Nima? Hozir yetib boraman? – deb baqirib yubordi.

–Tinchlikmi? – dedim xavotirlanib.

–Yoʻq, oyimni ogʻirlashib qolibdilar – dedi.

Men indamadim. Birga ularnikiga bordik:

–Yur Nodira, tez kir, oyim yolgʻiz – deya, tez kirib ketdi.

Orqasidan men ham kirdim.

Eshikni ochdi. Shubhalana boshladim-u lekin, oyisining betobligi hayolimdan chiqmasdi:

–Kir, dedi.

Kirib, asta mehmonxonaga oʻtdim. Niyatini tushundim-u tezda orqamga qaradim. Zohid kulib turardi:

–Bu nima qilganingiz? Qoʻyib yuboring, ketaman! – deb baqirdim.

–Bilaman bu xato, lekin meni kechir, iltimos. Seni sevaman. Boshqa yoʻlini topa olmadim. Bugun meniki boʻlasan…

Afsus… Sevganimga, oʻzimga, shaʼnimga, oilamga xiyonat qildim…

Zohid meni aldamadi, tez orada sovchilari keldi, toʻyimiz belgillandi. Toʻy boʻldi… Hamma bir koʻrishda oshiq boʻladigan koʻzimga bir umrga mung tushdi.

Bir kuni uyga borsam, dadam doʻppilarida endi ketmoqchi boʻlib turgan ekanlar:

–Tinchlikmi dada? – desam.

–Qizim tinchlikmas… Bobur akangni oʻgʻli Nurbek Rossiyadan kelganiga bir oy ham boʻlmasdan, olamdan

oʻtdi. Yuragi kasal ekan…

Hushimdan ketib qoldim…

Nurbeklarnikiga borganimda, uni soʻngi yoʻlga kuzatib boʻlishgan ekan…

Ikkinchi singlisi oldimga kelib, quchoqlab oldi, yigʻi aralash pichirlab gapirardi:

–Opajon, akam sizni sevardi. Rossiyadan qaytganidan keyin aytmoqchi boʻlgan ekan. Lekin, u yerdagi ogʻir mehnat yuragiga ogʻirlik qilib, kasal boʻlib qolibdi. Ozgina ishlay ketaman, deb yuraveribdi. Tuzalmasligini bilib, uylandim, deb sizni aldabdi. Buni kelganidan keyin, oʻlimi oldidan aytdi…

Koʻz yoshlarimni toʻxtata olmasdim…

Oradan oylar oʻtib oʻgʻlim tugʻildi. Ismini unga atab Nurbek qoʻydik…

Muallif: Mohinur
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!