📖 Hikoyalar

Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..

1 daqiqa 2.2K marta oʻqildi
Faqat qabring ajratadi bizning oramiz..
Ayriliq yomon ekan, meni butkul ado qilar yurak qurgʻur tinmasdan erta soʻngan sevgimni soʻrar.. Koʻzda yosh bedor tunlar aqlim hayron irodam ojiz qoldim goʻyo yakkayu yolgʻiz.. samodagi yulduzim seni juda sogʻindim.. Sevgini asrang odamlar ayriliq yomon ekan..

Farab..

Kundan-kunga yomonlashar edi uni axvoli
ogʻir kasal lekin oʻzi hali bilmasdi.
Qanaqilib aytaman bu habarni oʻziga,
kulib qarardi xatto qarolmasdim koʻziga
atrofga qaragancha aldar edim tinmasdan
hali birga boʻlamiz ishonardi bilmasdan
lekin kun oʻtib borar soʻnar edi tabora
men esa oʻtinardim oʻlmasin deb ming bora..

Har kungi uchrashuv joyda oʻtirardik birga
yelkamga boshini qoʻygancha qaradi yerga
asta koʻz yoshlarini bekitishga urinar
qiynalardi azobdan buni yuragim sezar.
Men esa eslatardim baxtli onlarimizni
birinchi uchrashuv oʻsha kunlarimizni
u ham indamasdan zoʻrgʻa kulib qoʻyardi
osmonga qarardi goʻyo hayirlashardi..
Bagʻrimga bosganimcha yigʻlar edim ichimdan
naxotki oloxim olib qoʻyadi mendan
tabora qiynalib ogʻirlashardi batar
koʻzlarini yumgancha soʻzlarimi eshitar.
Oʻrtaga chiqdi jimlik endi gapirmasdi
bagʻrimda yotadiyu qoʻlarim yetmas edi
naxotki bu sevgimiz yetib keldi qaygʻuga
u uygʻonmas boʻlib ketdi butkul uyquga..
Onda sonda kelaman seni koʻrgani
hech boʻlmasa hayolan birga boʻgani
xuddi avvallardek yana birgamiz
faqat qabring ajratadi bizning oramiz..
Yana gullar ochildi senga yoqadigan
oʻsha gul qoʻlimda oʻzing tanlagan
xuddi avvallaridek yana birgamiz
faqat qabring ajratadi bizning oramiz..
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!