💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar

2 daqiqa 3.4K marta oʻqildi
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar
Yotoqxona uchun mebel tanlash jarayonida shoshilmang va bu ishga jiddiy yondoshing. Koʻp funksiyali va kam aksessuarli mebel, dekoratiov buyumlar, parda tanlasangiz yotoqxona tayyor. Agar uni did bilan chiroyli koʻrinishga keltirishni istasangiz, maʼlum qoidalarga amal qilish va ortiqcha xatolarga yoʻl qoʻymaslik lozim.

Yotoqxona uchun interyer yaratishda har bir inson mebelni nafaqat zamonaviy va chiroyli koʻrinishga ega boʻlishi, balki koʻp funksiyali, ichonchli va ekologik toza boʻlishini ham istaydi. Moda tez oʻzgaradi, har yarim yilda yotoqxona mebelini oʻzgartirishning esa imkoni yoʻq. Odatda yotoqxona uslubi koʻp muddat uchun yaratiladi, ammo bu vaqt ichida siz yotoqxonangiz uslubini oʻzgartirishni istashingiz mumkin. Shuning uchun mebel tanlash jarayonida iloji boricha har qanday uslubga mos tushadigan toʻplam tanlashga harakat qiling. Yotoqxona mebelini tanlash jarayonida faqatgina uning tashqi koʻrinishi- hajmi va shakliga emas, koʻp funksiyali ekanligiga ham eʼtibor bering. Yotoqxona uchun qulay va ixcham mebel karavot, karavotosti tumbasi, pardoz stoli va shkafdan iborat. Televizor, kompyuter va boshqa elektron texnika vositalari yotoqxonaga joylashtirilmagani maʼqul. Mebel doʻkoniga yoʻl olishdan avval mebel hajmini toʻgri tanlash uchun xonaning taxminiy oʻlchamlarini olishga harakat qiling. Kichik xona uchun uni toʻldirib qoʻyadigan darajada ulkan, katta xona uchun esa oʻta kichik karavot yoki shkaf tanlay koʻrmang.Yotoqxona romantik koʻrinishga ega boʻlishi uchun karavotga alohida eʼtibor qarating. Bu yerda u qanday materialdan tayyorlangani, shakli, hajmi, rangi ham alohida ahamiyatga ega. Agar yotoqxonangizda dumaloq shakldagi karavot joylashtishish imkoni boʻlsa juda yaxshi. Dumaloq karavot juda chiroyli va romantik koʻrinadi. Keng xonalar uchun podium koʻrinishidagi karavotlar mos keladi.
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlarKaravotosti tumbasi karavot bilan uygʻunlashritilgan boʻlishi lozim, ammo ular mebelning alohida narsalari hisoblanadi. U imkoni boricha mebel uslubini toʻldirib turishi, koʻp funksiyali boʻlishi, mayda narsalar va tungichiroqni saqlashga moʻljallanishi kerak.
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlarKichik yotoqxona uchun shkaf-kupelar tanlanganimaʼqul. Ular juda uzun, kam joy egallaydigan va oʻz ichiga koʻp narsa sigʻdira olishi lozim.
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlarTurli narsalar va choyshablarni saqlash uchun yotoqxonaga komod joylashtirilgani maʼqul. U klassik garderobga qaraganda kam joy egallaydi, shu bilan birga yetarli darajada koʻp narsalarni sigʻdira oladi. Uning ustiga oyna joylashtirilsa paardoz stoli vazifasini ham bajarishi mumkin.
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlarUmuman olganda fen-shuy qoidalariga koʻra yotoqxonada oyna boʻlmasligi lozim. Ammo oynasiz ayollar burchagini tasavvur qilish mumkinmi? Bu holatda qaytarma oynali pardoz stoli tanlashingiz, oynani karavotni aks ettirmaydigan holatda joylashtirishingiz mumkin.
Yotoqxona uchun mebel tanlash borasidagi kichik maslahatlar
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!