💡 Qiziqarli maʼlumotlar

Jazirama kunlarda qanday kiyinish kerak: Stilistlardan 4 tavsiya

1 daqiqa 2.9K marta oʻqildi
Jazirama kunlarda qanday kiyinish kerak: Stilistlardan 4 tavsiya
Yoz mavsumining issiq kunlarida chiroyli, zamonaviy va qulay obraz yaratish uchun qanday liboslar harid qilish lozim? Bu borada aynan qaysi detallar muhim va oʻrinli hisoblanadi? Ushbu savollarga javob olishni istasangiz quyidagi kichik masalahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

Sokin Total white – bir necha oylardan beri trend darajasiga koʻtarilgan obraz yaratish uslubidir. Uning asosiy belgisi faqatgina oq rangli liboslar va shu tusdagi aksessuarlardan iborat qiyofa yaratish sanaladi. Obrazning mukammal boʻlishi uchun liboslarning murakkab bichimli turlariga diqqat qarating.Sokin ranglar
Sokin ranglar yoz faslining oʻziga hos belgisi va tashrif qogʻozi desak hato boʻlmaydi. Ular insonga musaffo, chiroyli va nafis koʻrinish beradi. Bundan tashqari ochiq ranglar issiqlik va quyosh nurini qaytaradi, tanani haddan tashqari qizdirib yubormaydi. Sokin ranglarni oʻzaro uygʻunlashtirish esa ajoyib obrazlar yaratish uchun imkon beradi.
Jazirama kunlarda qanday kiyinish kerak: Stilistlardan 4 tavsiyaQiziqarli bichimlar
Issiq kunlarda inson tanasi tor liboslar emas, keng bichimli liboslarga extiyoj sezadi. Ammu bu oʻzingizga katta boʻlgan liboslar bilan qomatingizni toʻlaroq koʻrsatishga sabab yaratmasligi kerak. Keng libos tanlash davomida murakkab va qiziqarli bichimlarga diqqat qilsangiz, mazkur holatning oʻrni toʻldiriladi.
Jazirama kunlarda qanday kiyinish kerak: Stilistlardan 4 tavsiyaXashamatli koʻrinish
Yoz kunlari isib ketmaslik uchun shaffof, haddan tashqari yupqa va harir libos tanlash- toʻgʻri qaror emas. Shuningdek, issiq xovurini pasaytirish maqsadida oʻta ochiq liboslar kiyish fikrini ham nari suring. Ushbu sifatlar qiyofaning hashamatli koʻrinishiga halal beradi. Bundan tashqari, Sharq ayollarining mentaliteti qanday faslda boʻlmasin liboslarning haddan tashqari ochiq boʻlishiga toʻsqinlik qiladi. Shunday ekan, shaffof koʻrinishdagi mato oʻrniga sokin ranglardagi yupqa matoli liboslar tanlash tavsiya etiladi.
Jazirama kunlarda qanday kiyinish kerak: Stilistlardan 4 tavsiya
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!