Umidingni uzma Hudodan

Doʻsting ketsa dushmaning tomon.
Yuragingda chulgʻasa gumon.
Kimlarnidir sogʻinsang yomon.
Umidingni uzma Hudodan.
Yaqinlaring boʻlmasa tirgak.
Qaygʻulardan charchasa yurak.
Boʻlmay qolsang hech kimga kerak.
Umidingni uzma Hudodan.
Yoʻllarida boʻlsang intizor.
Muhabbating aylasalar xor.
Chertilmasa dilingdagi tor.
Umidingni uzma Hudodan.
Olib qochsa xayoling yillar.
Anglamasa dardingni dillar.
Ishon baxtli kunlaring kelar.
Umidingni uzma Hudodan.
Yuragingda chulgʻasa gumon.
Kimlarnidir sogʻinsang yomon.
Umidingni uzma Hudodan.
Yaqinlaring boʻlmasa tirgak.
Qaygʻulardan charchasa yurak.
Boʻlmay qolsang hech kimga kerak.
Umidingni uzma Hudodan.
Yoʻllarida boʻlsang intizor.
Muhabbating aylasalar xor.
Chertilmasa dilingdagi tor.
Umidingni uzma Hudodan.
Olib qochsa xayoling yillar.
Anglamasa dardingni dillar.
Ishon baxtli kunlaring kelar.
Umidingni uzma Hudodan.
Izohlar
0Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!