🕌 Islom

Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo

1 daqiqa 14.7K marta oʻqildi
Safarga chiqishni niyat qilib, ulovga minganda aytiladigan duo
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqadigan boʻlsalar, ulovlariga oʻrnashib olganlaridan keyin uch marta takbir aytar, soʻngra

«سبْحانَ الذي سخَّرَ لَنَا هذا وما كنَّا له مُقرنينَ، وَإِنَّا إِلى ربِّنَا لمُنقَلِبُونَ . اللَّهُمَّ إِنَّا نَسْأَلُكَ في سَفَرِنَا هذا البرَّ والتَّقوى ، ومِنَ العَمَلِ ما تَرْضى . اللَّهُمَّ هَوِّنْ علَيْنا سفَرَنَا هذا وَاطْوِ عنَّا بُعْدَهُ ، اللَّهُمَّ أَنتَ الصَّاحِبُ في السَّفَرِ ، وَالخَلِيفَةُ في الأهْلِ. اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ وعْثَاءِ السَّفَرِ ، وكآبةِ المنظَرِ ، وَسُوءِ المنْقلَبِ في المالِ والأهلِ وَالوَلدِ»

«Subhanallaziy saxxoro lanaa hazaa va maa kunnaa lahu muqriniyn va innaa ilaa robbinaa lamunqolibuun. Allohumma innaa nasʼaluka fiy safarinaa hazaa al-birro vattaqvaa va minal ’amali maa tarzo, Allohumma havvin ’alaynaa safaronaa hazaa vatvi ’annaa buʼdah, Allohumma antas- sohibu fissafari valxoliyfatu fil ahli. Allohumma inniy aʼuuzu bika min vaʼsai safari va kaabatil manzori va suuʼil munqolabi fil maali val ahli val valad», deb aytardilar.

Maʼnosi: «Bizlarga bu (kema yoki ot- ulov)ni boʻysundirib qoʻygan Zot (yaʼni, Alloh barcha aybu nuqsondan) pokdir. Biz oʻzimiz bunga qodir emas edik. Shak- shubhasiz, bizlar (barchamiz) Rabbimizga
qaytguvchidirmiz. Allohim, Sendan bu safarimizda yaxshilik va taqvoni hamda Sen rozi boʻladigan amalni soʻraymiz. Allohim, bu safarimizni bizga yengil qilib, uzoqligini yaqin qilgin. Allohim, safardagi yoʻldosh ham, xonadonda qoluvchi oʻrinbosar ham Uzingdirsan. Allohim, men Sendan safar mashaqqatlaridan, mahzunlik manzarasi va molu-mulk, oilaga va farzandlarga yetadigan ziyon- zahmatdan panoh berishingni soʻrayman»
(Muslim rivoyati.)
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!