📖 Hikoyalar

Bahillik horlik keltiradi

1 daqiqa 2.6K marta oʻqildi
Bahillik horlik keltiradi
Xikoya qilinishicha, er va hotin tovuq goʻshtidan tayyorlangan taomni yeb oʻtirishganda, toʻsatdan eshik taqillab qolibdi. Ishtaxasini buzib, bemavrid eshikni qoqqan kishidan jahli chiqqan honadon soxibi eshik qoqqan kishini koyib, quvib yubordi. Kunlar oʻta boshladi, xaligi kishining turmushi kun sayin qiyinlasha bordi, koʻp oʻtmay bor boyligidan ajralib qoldi. Xatto, yeyishga taom xam topolmay, ohir oqibat ayoli bilan ajrashish darajasigacha yetib bordi. Ayoli boshqa kishiga turmushga chiqib ketdi.

Kunlarning birida, ayol turmush oʻrtogʻi bilan sobiq turmush oʻrtogʻi singari pishirilgan tovuq goʻshtidan isteʼmol qilib turganda, bir kishi eshikni taqillatdi. Shunda honadon soxibi kelgan soʻrovchiga taomni berib yuborishini ayoliga buyurdi. Ayol uydan tashqariga chiqib, soʻrovchiga taomni berdi va taajjubda qoldi, chunki soʻrovchi oʻzining birinchi turmush oʻrtogʻi edi.

Soʻngra, ayol yigʻlagan xolda qaytib keldi. Undan turmush oʻrtogʻi yigʻisining sababini soʻraganida, ayol tilamchi uning birinchi turmush oʻrtogʻi ekanini va u bilan turmushida huddi shunday voqea sodir boʻlganida, tilamchini koyib, quvib solganini aytib berdi. Shunda eri ayoliga qarab, nimaga taajjublanasan, Allox nomi bilan qasam ichamanki, men ering xaydab solgan tilamchi boʻlaman.

Qissadan xissa shuki, sahovat soxibi izzat-xurmatda va bahillik soxibi hor boʻlur. Xazrat Ali karramolloxu vajxaxu aytganlaridek, «Boylik exson qilinsa – izzat, berkitilsa horlik keltiradi».
Telegram

Izohlar 0

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!

Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.