🥗 Salatlar

Baqlajonli salat

6.8K marta oʻqildi
Baqlajonli salat
Kerakli masalliqlar:

1. Baqlajon - 4 dona
2. Tuhum - 4 dona
3. Pomidor - 5 dona
4. Ukrop - 0,5 bog'
5. Sarimsoqpiyoz - 6-7 boʻlakcha
6. Un - 1 osh qoshiq
7. Tuz

Baqlajonli salat
Tayyorlanishi:

Tuhum, un va tuz idishga solinib, aralashtiriladi. Baqlajonlar 5-7 sm qalinlikda parrak qilib toʻgʻraladi va tuhumli aralashmaga botirib olinib, tovada, yogʻda ikki tomoni qizargunicha qovuriladi.

Baqlajonli salat
Pomidorlar qirgʻichdan yoki goʻsht qiymalagichdan chiqariladi. Ukrop va sarimsoqpiyoz mayda toʻgʻraladi. Taʼbga koʻra tuz va qizil qalampir kukuni solinib, aralashtiriladi.

Baqlajonli salat
Qovurilib, sovutilgan baqlajonlar likopchaga teriladi. Ustiga pomidorli aralashmadan qoʻyib chiqiladi va ukrop bilan bezatilinadi.

Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!