Somsa tayyorlash - qavatli somsa uchun xamir va nachinka retsepti, usullari

Oʻzbekistonda yashaydigan yoki bu goʻzal mamlakatda mehmonda boʻlgan har bir shaxs oʻzbek oshxonasining ovqatlarini alohida iliqlik bilan eslab turadi. Jahonga mashhur taniqli taomlar orasida somsa (samsa) maxsus sharafga ega. Sizga asl mazali va chiroyli qavatli somsa tayyorlash retseptini taklif etamiz.
SOMSA TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
Somsa xamiri uchun:
Un – 500 gramm
Suv – 250 ml
Tuz – 1 choy qoshiq
Sariyog’ yoki eritilgan yog’ – 100 gramm
Somsa nachinkasi uchun:
Yogʻli qoʻy goʻshti (laxm) – 500 gramm
Piyoz – 500 gramm
Tuz – 1 choy qoshiq
Murch kukuni – 1 choy qoshiq
Zira (taʼbga koʻra) – 1 choy qoshiq
QAVATLI SOMSA TAYYORLASH USULLARI
Somsa uchun xamirni tayyorlash uchun 250 ml iliq suvga (bir stakan) ga 5 gramm tuz qoʻshib, aralashtiring. Stolga yoki idishga 500 gramm unni elab soling, tuzlangan suvni qoʻshib, oddiy xamir qoring.
Xamirni zuvala qilib, ustini idish bilan yoping va 20-30 daqiqaga dam olishga qoldiring.
20 daqiqadan soʻng, xamirni toʻrtburchak shaklda, 0,5 mm qalinlikda qilib yoying. Bu qavatli xamir oʻziga xosdir. Bunda klassik fransuzcha xamirdan farqli oʻlaroq, qatlamlar stolga perpendikulyar boʻladi.
Yoyilgan xamirga 100 gramm eritilgan yog’ yoki sariyog’ yoki margarin surting.
Yogʻlangan xamirni zich rulet qilib oʻrang va 18 ta teng qismga boʻlib oling.

Kesilgan xamirning har bir qismini koʻndalang qilib qoʻyib, kaft bilan bosib, kulchacha shaklini bering. Somsa uchun xamir boʻlakchalarini taxtaga qoʻyib, ustini plyonka bilan yopib, yarim soat muzlatgichga yoki ikki soat sovutgichga qoʻying.
Somsa uchun goʻshtli nachinka tayyorlash uchun 0,5 kg piyozni kubik shaklida toʻgʻrab oling, 0,5 kg goʻshtni ham tomonlari 0,5 sm boʻlgan kubik qilib kesib oling, xohishga koʻra goʻshtni qiymalagichda maydalab olish yoki aksincha, yirikroq qilib toʻgʻrash ham mumkin.
Idishga goʻsht va piyozni soling. Nachinkaga bir choy qoshiq tuz va bir choy qoshiq murch qoʻshing, taʼbga koʻra bir choy qoshiq maydalangan zira qoʻshish ham mumkin. Barchasini yaxshilab aralashtiring, soʻng ustini yopib, chetga olib qoʻying.
Sovutgichdan somsa uchun tayyorlangan xamirlarni olib, har birini qalinligi 1 ml boʻlgan yupqa doira qilib yoyib oling. Har bir doirachaning oʻrtasiga qiyma qoʻyib, uni teng qilib taqsimlang.

Xamirni uch tomonidan bir-birini ustiga qoʻygan holda navbati bilan qiyma ustiga koʻtarib tuging, unga uchburchak shaklini berish lozim. Soʻng uchta burchagini ham alohida qatlab, bukish kerak.
Somsa pishirish listiga chokini pastga qaratgan holda teriladi. Yuzasiga tuxum sarigʻi surtiladi, xohishga koʻra kunjut sepish mumkin.
Qatlamli somsa 30 daqiqa davomida 180-200 °C haroratda oldindan qizdirilgan pechda pishiriladi.
Tayyor boʻlgan somsa dasturxonga issiqligida tortiladi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!