Osh tayyorlash retsepti - masalliqlar, pishirish bosqichlari, usullari, sirlari

Osh tayyorlash retsepti yuzlab, minglab turlarga ega. Har bir oshpazda ushbu milliy taomni tayyorlashning oʻz usuli va oshpazlik sirlari bor. Osh palovning eng taniqli turi – oʻzbek oshidir.
OSH TAYYORLASH UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR
Mazkur maqolada keltiriladigan palov retsepti uchun quyidagi mahsulotlar kerak boʻladi:
1 kg guruch
1 kg qoʻy goʻshti
1 kg sabzi
300 ml oʻsimlik moyi
4 ta oʻrtacha piyoz
2 ta achchiq qalampir
2 bosh sarimsoq
1 osh qoshiq zira
1 choy qoshiq kashnich urugʻlari
taʼbga koʻra tuz.
OSH PALOV TAYYORLASH BOSQICHLARI
Tayyorlash vaqti: 2,5 soat | Portsiyalar soni: 10
1-QADAM
Guruch bir necha marta toza suvda yuvib olinadi. Soʻnggi marta yuvganingizdan qolgan suv toʻliq shaffof boʻlishi kerak.
2-QADAM
Goʻshtni yuvib, kubik shaklida boʻlaklab oling. Piyoz va sabzi poʻstidan tozalanadi. 3 ta piyoz ingichka yarimhalqa, sabzini esa uzun 1 sm`lik somoncha qilib kesib olish kerak. Sarimsoq ustki qavat poʻstidan tozalanadi, lekin kichik boshchalarga boʻlinmaydi.
3-QADAM
Qozon qizdiriladi, moy solinadi va yengil tutaguncha qizdirishda davom etiladi. Soʻng qolgan bitta butun piyoz solib, qorayguncha qovuriladi. Soʻng olib qoʻyiladi.
4-QADAM
Endi oshning zirvagini tayyorlashga kirishiladi. Qozonga piyoz solib, u tillarang tusga kirguncha qovuriladi (taxminan 7 daqiqa). Piyoz qovurilib boʻlgach, qozonga piyoz ustidan goʻsht solinadi va u qobiq hosil qilgunicha qovuriladi.
5-QADAM
Ushbu bosqichda sabzi solinadi va aralashtirmasdan 3 daqiqa qovuriladi. Soʻng barchasi 10 daqiqa vaqti-vaqti bilan aralashtirib turgan holda qovuriladi.
6-QADAM
Zira va kashnich urugʻlari ezilib, osh zirvagiga qoʻshiladi. Ushbu bosqichda zirvakning tuzi rostlanadi.
7-QADAM
Olov oʻrtacha balandlikkacha pasaytiriladi va sabzi yumshoq boʻlmagunicha zirvakni pishirishda davom etiladi (yana taxminan 7-10 daqiqa). Soʻng zirvakdan 2 sm baland boʻlguncha qaynoq suv solib, ikkita achchiq qalampir solinadi va olov yanada pasaytirilib, 30 daqiqaga dimlab qoʻyiladi.
8-QADAM

Guruch yana bir marta yuviladi, suvi toʻkib tashlanadi. Keyin zirvak ustidan bir tekis qilib yoyib chiqiladi. Olov maksimumgacha baland qilinib, guruch ustidan 3 sm baland boʻlguncha kapkirni ustidan qilib qaynoq suv solinadi.
9-QADAM
Guruch suvni shimib olgach, unga sarimsoq botirib qoʻyiladi, olov oʻrtacha balandlikkacha pasaytiriladi va guruch tayyor boʻlguncha pishiriladi.
10-QADAM

Guruchga kapkir bilan yengil urib koʻriladi. Agar bunda chiqadigan ovoz jarangdor boʻlmasa, guruchda tayoqcha yordamida qozon tubigacha boʻlgan chuqurchalar hosil qilinadi.
11-QADAM
Guruch tekislanadi, qozonning qopqogʻi yopiladi, olov yanada pastroq qilinadi va osh 30 daqiqaga damlab qoʻyiladi. Palov tayyor! Uni bedanda tuxumlari, limon, achchiq qalampir bilan bezatish mumkin.
OSH PISHIRISH SIRLARI
Har bir taomni tayyorlashda boʻlgani kabi, palovtoʻra pishirishning ham oʻziga yarasha sirlari mavjud. Dastlabki tavsiya – osh mazali chiqishi uchun qoʻy goʻshti olish kerak, albatta boshqa hayvon goʻshtlarini ham ishlatsa boʻladi, lekin kerakli taʼm va xushboʻylikni aynan qoʻy goʻshti beradi.
Taomning mazaligi nafaqat masalliqlar, balki osh tayyorlash texnolgiyasiga ham bogʻliq. Masalliqlarni kerakli ketma-ketlikda solish, yetarlicha pishirish kerak.
Guruch navlari orasidan osh uchun eng mos keladiganlari oq alanga, devzira, oshpar, sariq dastar hisoblanadi. Ularning tarkibida kraxmal kamroq boʻlib, bunday guruchdan tayyorlangan taom guruchlari bir-biriga yopishib qolmaydi.
Osh tayyorlashda ajralmas ziravor – zira hisoblanadi. Achchiq qalampir haqida ham unutmaslik kerak. Moy turlaridan esa paxta yoki kunjut moyi va hayvon yogʻi aralashmasi ideal variant hisoblanadi.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!