🥗 Salatlar

Kabachkili salat

4K marta oʻqildi
Kabachkili salat
Kerakli masalliqlar:

1. Kabachki - 5 dona
2. Tuhum - 4 dona
3. Sarimsoqpiyoz - 5-6 boʻlakcha
4. Ukrop - 0,5 bog'
5. Mayonez - 100 gr.
6. Un - 1 osh qoshiq.
7. Tuz

Kabachkili salat
Tayyorlanishi:

Kabachkilar yuvilib, 0,5 - 0,7 sm qalinlikda parrak qilib toʻgʻraladi. Tuhum, un, tuz idishga solinib, yahshilab atalanadi. Kabachkilar tuhumli massaga botirilib, tovadagi yogʻda ikki tomoni qizargunicha qovuriladi. Qovurilgan kabachkilar sovutiladi.

Kabachkili salat
Ukrop va sarimsoqpiyoz boʻlakchalari mayda toʻgʻraladi yoki ezilib, mayonezga aralashtiriladi. Sovugan kabachkilar likopchaga terilib, ustiga mayonez surtiladi.

Kabachkili salat
Yoqimli ishtaxa!
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!