Pirog tayyorlash - retsepti, sirlari, oddiy va mazali piroglar pishirish usullari, qadamlar

Pirog – bu odatda nachinkasi boʻlgan xamirli pishiriqdir. Uning ochiq va yopiq turi mavjud: ochiq turdagisida nachinka xamir ustida tursa, yopiq turdagisida nachinka xamir ichida boʻladi. Mazali piroglar tayyorlashning koʻplab retseptlari mavjud: olmali, limonli, murabboli, goʻshtli, qatiqli pirog va koʻplab boshqa turdagilar. Agar sizni oddiy pirog pishirish usullari qiziqtirayotgan boʻlsa, quyida ushbu pishiriqning eng sodda va mazali retsepti keltiriladi.
KERAKLI MASALLIQLAR
Pirog retsepti quyidagilardan iborat:
5 osh qoshiq margarin yoki sariyog’
1 stakan shakar
4 ta tuxum
1 choy qoshiq vanilin
yarim stakan qatiq yoki sut
1,5-2 stakan un
1 choy qoshiq sirkada soʻndirilgan isteʼmol sodasi
ODDIY PIROG TAYYORLASH USULI
Tuxum va shakar sanchqi yordamida yengil koʻpirtiriladi.
Aralashmaga yog’, vanilin va qatiq yoki sut qoʻshiladi, yengil aralashtiriladi
Soʻng sirkada soʻndirilgan isteʼmol sodasi va un qoʻshilib, suyuq xamir tayyorlanadi.
Xamir aralashtiriladi, uning quyuqligi qaymoqdek boʻlishi kerak.
Taʼbga koʻra xamirga maydalangan yongʻoq, bodom yoki limon sedrasi qoʻshish mumkin.
Xamirni shaklga solib, 180-200 ºC haroratda 40 daqiqacha pechda pishirish kerak.
Tayyor boʻlgan pirog sovutilib, ustidan qand upasi sepilib, dasturxonga tortiladi.
Agar mevali pirog tayyorlash istagi boʻlsa, shaklga xamirning yarmini solib, ustidan meva boʻlaklarini terib (masalan olmali pirog pishirish uchun), ustidan xamirning qolgan qismini quyib, pechga solish kerak.
Zebra pirog pishirish uchun tayyor boʻlgan xamir teng ikki qismga boʻlinadi, biriga kakao solib, aralashtiriladi. Dastavval shaklga kakosiz xamir solinib, ustidan ingichka qilib kakoli xamir quyib chiqiladi. Bunda xamir oqimi bilan turli naqshlar chizish mumkin.
PIROG PISHIRISH SIRLARI
Piroglar tayyorlashda ular mazali chiqishi uchun oʻz sirlari mavjud:
Eng birinchi shart – xamir havodor, yaxshi koʻtarilgan boʻlishi. Shuning uchun unni yaxshilab elashni unutmang.
Xamirga isteʼmol sodasi va vanilinni ortiqcha solib yuborgandan koʻra, kamroq solish yaxshiroqdir.
Pirog yangiligini uzoqroq saqlab turishi uchun unga oʻsimlik moyi qoʻshiladi.
Pirog sovumagunicha uni kesmaslik afzal. Ammo bu zarur boʻlsa, pichoqni qayqon suvda isitib, tezda artib, soʻng kesgan maʼqul.
Agar pirog protivendan olinishi qiyin boʻlsa, bunda ipdan foydalanish kerak.
Agar pirog uchun nachinka oʻta suyuq boʻlsa, unga 2-3 qoshiq ezilgan qattiq non yoki kraxmal qoʻshish kifoya.

Izohlar 0
Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikr bildiring!