🌿 Salomatlik

Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar

1 daqiqa 3.9K marta oʻqildi
Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar
Qora choy xaqida siz bilmagan faktlar

Ogʻiz boʻshligʻini tozalaydi

Ilmiy tadqiqot hulosalariga koʻra, qora choy tarkibidagi polifenollar ogʻiz boʻshligʻi kasalliklari, toshma va stomatit yaralaridan ximoya qiladi.

Yurakka foyda

Evropalik olimlar kun davomida 3-4 piyola choy ichadiganlarda yurak hastaliklarining yuzaga kelish havfi 21 foizga kamayishini isbotlashgan. Toʻgʻri, qora choyni achchiq damlab ichish tavsiya etilmaydi. Ammo meʼriyoda boʻlsa, havotirga oʻrin yoʻq.

Saraton profilaktikasi

Maʼlumotlarga koʻra, qora choydagi polifenol xamda katehin antioksidantlari saratonning ayrim turlari uchun profilaktika vazifasini oʻtaydi. Evropalik olimlar tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tadqiqot hulosasi esa qora choy isteʼmol qiladigan ayollarda bachadon saratonining yuzaga kelish havfi boshqalarga nisbatan kamroq ekanligini koʻrsatgan.

Suyaklarni mustaxkamlaydi!

Mazkur ichimlik tarkibidagi fitokimyoviy moddalar suyaklar moʻrtlashuvidan ximoyadir. Shu bois qora choy ihlosmandlari orasida artrit kasalligi kam uchrar ekan.

Zoʻriqishdan xalos etadi!

Kun davomida toliqqan boʻlsangiz achchiq damlangan qora choy ichish xayotiy quvvatingizni tiklab, kayfiyatni koʻtaradi. Shu bilan birga asablarni xam tinchlantiradi. Aminokislotalar xisobiga muntazam qora choy ichish kortizol – stress gormoni miqdorini pasaytiradi.

Immunitet yahshilanadi!

Alkilomin antitanachalari immun tizimini ragʻbatlantirsa, oshlovchi moddalar viruslarga chidamlilikni taʼminlaydi. Demakki, shamollash, tumov yoxud yoʻtal alomatlarida issiq qora choy ayni muddao.

Moddalar almashinuvi faollashadi!

Choydagi oshlovchi moddalar terapevtik taʼsirga ega. Shundan boʻlsa kerak oshqozondagi ogʻirlikni bartaraf etib, xazm faoliyatini yahshilaydi. Qolaversa organizmda moddalar almashinuvini xam faollashtiradi.

Tetiklashtiradi!

Ertalabdan qoʻlingiz ishga bormasa yoki kayfiyatingiz pand bersa, bir piyola qora choy iching. Olimlar fikricha, achchiq damlangan qora choy organizmni tetiklashtirib, aqliy faollikni oshiradi.
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!

Sedana
Salomatlik

Sedana

27-aprel, 20192.4K