📖 Hikoyalar

Sevasizmi

1.6K marta oʻqildi
Sevasizmi
Yodga soldi oʻpichlaringiz
Sizdan oldin oʻpgan ayolni.
U ham sizga oʻxshab berardi
«Sevasizmi?» degan savolni.

Kecha uni sevganligim rost,
Bugun sizni sevganim ham chin.
Unutaman sizni ertaga,
Oʻzga uchun ertaga sevgim.

Siz-da xuddi shundoqsiz,
biroq Oʻzgalarni eslaysiz.
Shundan Joningizga kiradi titroq.
Titroq emas, aldoq bu, jonim,

Men sizdan ishq qilmayman talab.
Koʻpdan buyon unutdi mehr –
Muhabbatni mendagi bu qalb.
Bizni nima bogʻlaydi, bilmam,

Ehtimolki, siz-da bilmaysiz.
Sizga fido boʻlolmam, siz ham
Menga jonni fido qilmaysiz.
Tunda ikki yokdan keldik va

Quyildik bir olov ummonga.
Tongda xayr deymiz shivirlab
Va ketamiz ikki tomonga.
Yodga soldi oʻpichlaringiz

Sizdan oldin oʻpgan ayolni.
U ham sizga oʻxshab berardi
«Sevasizmi?» degan savolni
Telegram

Izohlar

0
Fikringizni qoldiring
Izohlar tekshiruvdan soʻng chiqadi.

Hozircha izoh yoʻq — birinchi boʻlib fikr bildiring!